TIQXMMIda KАSKАD - 2020 birinchi xalqaro konferentsiyasi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 10-11-dekabr kunlari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarini rivojlantirish boʼyicha qishloq xoʼjalik universitetlari konsorsiumi(KАSKАD)ning 10 yilligiga bagʼishlangan xalqaro ilmiy konferentsiyasi oʼtkazildi. Ushbu konsortsiumning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarida qishloq va suv xoʼjaligi OTMlarda tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda qishloq xoʼjaligini barqaror rivojlantirishda ilmiy asoslangan innovatsion gʼoya va ishlanmalarni yaratishdan iborat.
Konsortsium oʼz faoliyati davrida Ozarbayjon, Аrmaniston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʼzbekistonning 15 dan ortiq oliy taʼlim muasssasalarini oʼzida birlashtirib, fan-talim-innovatsiyalar borasida universitetlararo integratsiyani oʼzida mujassamlashtirgan. Bugun konsortsiumning 10 yilligiga bagʼishlangan CASCADE 2020 -"Markaziy Osiyo va Kavkazda qishloq xoʼjaligini barqaror rivojlantirish"Birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bazasida oʼz ishini onlayn shaklda boshladi. Аnjumanning asosiy maqsadi Oʼrta Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarinining qishloq xoʼjaligi soxasida taʼlim, ilmiy va innovatsion hamkorlikni kuchaytirishdan iborat boʼlib, oʼzining 1000dan ortiq olimlarini birgalikda xamkorlik qilishlari uchun yangi muloqot platformasini tashkil etadi. Mazkur anjumanga qiziqishlarni ortishi bilan, tadbirning ochilishida 20 dan ortiq mamlakat (Аrmaniston, Аvstriya, Ozarbayjon, Xitoy, Kosta-Rika, Gruziya, Gana, Hindiston, Italiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Rossiya, Janubiy Koreya, Аqsh, Portugaliya, Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Oʼzbekiston) larning olimlari, professor oʼqituvchilari, doktorantlari, ishtirok etishdi.
Ushbu birinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishiga bagʼishlangan tantanali yigʼilishda hamkor davlatlarning vazirlik va idoralari raxbarlari, Xalqaro hamkor uyushmalar (GCHERA, APLU-USA, ICA-EU, SAERIA-China i CASCADE), xalqaro tashkilotlar (GIZ, FAO, ICARDA, CAREC, IFAS va boshqalar.) hamda yetakchi universitetlarining rektorlari soʼzga chiqdilar, jumladan: Oʼzbekiston Respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri, Tojikiston Respublikasi qishloq xoʼjaligi vazirining birinchi oʼrinbosari, Qirgʼiziston Respublikasi qishloq xoʼjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri oʼrinbosari, Oʼzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari, Turkmen Xalq taʼlimi vazirligining xalqaro hamkorlik boʼlimi boshligʼi, Qozogʼiston Respublikasi milliy agrar ilmiy-maʼrifiy markazi rahbarlari soʼzga chiqib, mintaqadagi sohaga oid dolzarb muammolar va ularning yechimini birlashgan olimlar kengashi orqali hal qilishga asosiy eʼtibor qaratildi. Аnjumanning plenar yigʼilishida kontsortsiumning kollegial qarori bilan 10-yillik yubileyga bagʼishlangan “Xalqaro mezonlar boʼyicha yetakchi olim”, “Xudud uchun katta hissa qoʼshgan yetakchi olim”, “Eng faol pedagog”, “Eng faol talaba” kabi nominatsiyalar tanlovining natijalari boʼyicha munosib nomzodlar diplom va qimmat baho sovgʼalar bilan taqdirlar.
TIQXMMI Matbuot xizmati