Akademik litsey jismoniy tarbiya rahbari Osiyo chempionatida
Ayni kunlarda Tailand yashil maydonlarida qizlar o`rtasidagi U-19 Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda. Mazkur musobaqa uchrashuvlarida hamyurtlarimiz – Edita Mirobidova hamda TIQXMMI Qarshi filiali huzuridagi Akademik litsey jismoniy tarbiya rahbari Zilola Rahmatova hakam sifatida faoliyat olib bormoqda. Hozirga qadar O`zbekistonlik hakamlar Shimoliy Koreya – Avstraliya, Vetnam - Shimoliy Koreya, Miyanma –Xitoy, Yaponiya-Xitoy hamda yarim final doirasidan o`rin olgan Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o`yinlarini boshqarishdi. Endi ertaga musobaqaning final o`yini o`tkaziladi. Hal qiluvchi bahsda Shimoliy Koreya –Yaponiya qarama-qarshi kuzatiladi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, final bahsini Edita Mirobidova boshqarib boradi. Zaxira hakami sifatida esa Zilola Rahmatova ish olib boradi.
Akademik litsey ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari D. Tursoatov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari rahbari Rahimboy Jumaniyozov