Xalqaro Yoshlar islohotlari forumida
Joriy yilning 4-5-6-yanvar kunlari Respublikamizning Xorazm viloyati Urganch va Xiva shaharlarida tashkil etilgan "Xalqaro Yoshlar islohotlari Forumi 2020" (Intenational youth reforms in Khorezm 2020) da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining bir guruh (25 nafar) iqtidorli, iste'dodli, yoshlar ittifoqi faol talabalari ishtirok etishdi. Ta'til vaqti bo'lishiga qaramasdan talabalar birlashib, Respublikada eng ko'p ishtirokchi qatnashgan oliy ta'lim muassasasi sifatida bo'lgani bu albatta institut rahbarining yoshlarga berayotgan imkoniyatlari, shart-sharoitlari, qo'llab-quvvatlashining, ayni paytda talabchanligining yaqqol na'munasidir. Forum jarayonida talabalar o'zlari tanlagan yo'nalishlar bo'yicha Spikerlardan kerakli ma'lumotlar va yangi g'oyalar olishdi.
Ushbu Xalqaro Forum 7 ta yo'nalishlar bo'yicha bo'lib o'tdi:
1.Deutschtage (Nemis)
2.English days (Ingliz)
3.Leading Leader (O’zbek)
4.Ta’limda innovatsiya (O’zbek)
5.Turizm va IT (Ingliz)
6.OAV va Jurnalistika (O’zbek)
7.Ekologiya va Iqtisod (O’zbek)
Xalqaro Forum maqsadi Yoshlarni innovatsiyalarga qiziqtirish va yangi loyihalar uchun real atmosferani yaratishga mo'ljallangan. Yangicha fikrlar bilan izlanishda davom etayotgan faol yoshlar uchun "Xalqaro Yoshlar islohotlari Forumi-2020" barcha viloyatlarni o'z ichiga qamrab oldi, nafaqat viloyatlar balki, xalqaro oliy ta'lim muassasalari talabalari ham ishtirok etishdi. Yoshlar o'z loyihalarini va g'oyalarini o'z muallifligi ostida yurtimizga, qolaversa, xalqaro miqyosda targ'ib qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Do'stlik, hamjihatlik, faol yoshlarni birlashtirish, yangi do'stlar orttirish, yangi ma'lumotlarni institutga olib kelish hamda yuqori marralarni zabt etish kabi ezgu niyatlar ostida Xalqaro yoshlar Forumi institutimiz talabalari tashrif buyurishdi va ular uchun omadli bo'ldi. “Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari eng yaxshi delegat sifatida Sayfullo Qodirov 1-o'rinni, Sharipov Shokir esa eng yaxshi maqola yo'nalishida 1-o'rinni qo'lga kiritdi va maxsus statuetka hamda setifikat bilan taqdirlandi. Eng muhimi, institumiz jamoasi Toshkent jamoasiga rahbarlik qilib, umumiy ishtirokchilar orasida 1-o'rinni egalladi hamda Forum Kubogini qo'lga kiritdi. Maxsus Kubog institutga olib kelindi. Keyingi Forumga Toshkent shahri mezbonlik qilishiga kelishib olindi. Albatta, bu bir qarashda oddiy tadbirdek ko'rinishi mumkin lekin, shu 25 nafar talabalarimiz Xorazmga borib, institutni nomini ko'tarib, yaxshi yutuqlar bilan qaytib keldi. Bu albatta, e'tirofga loyiq natijadir. Barcha talabalarimizga minnatdorchilik bildiramiz.
Talabalar erishgan natija:
1) Xavfsiz poyezda bir jamoa bo'lib, yo'lda suhbat va yanada do'stlikning mustahkamlanishi;
2) QR kodli sertifikat;
3) Forum direktori tomonidan tavsiyanoma;
4) Xorazm viloyati yulduzlari ishtirokida yangi yil kechasida qatnashishi;
5) Jami 300 ta delegat, shundan 260 nafari O'zbekistondan, 40 nafar MDH davlatlaridan va muhimi do'stlar orttirdi;
6) Har bir Forum ishtirokchisiga sovg'alar Maxsus sumka, bloknot, ruchka, Xorazm bo'ylab sayohat;
7) 3 kun davomida Xorazm milliy taomlari hamda kofebreak;
8) "Euroasia" ijtimoiy-madaniy kechasida qatnashish;
9) "Talant show" da ishtirok etish;
Barcha ishtirokchilar yotoqxona bilan ta'minlandi. Ochig'ini aytsak, barcha ishtirokchilar orasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari faol bo'lishdi, hatto viloyat hokimi tomonidan ham e'tirof etildi.
QXM fakulteti yoshlar ittifoqi kengashi ma'lumoti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov