1-BOSQICh AMALIYОTI YАKUNLANDI
TIQXMMI “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 5430500 -“Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo‘nalishi 1- kurs talabalarini o‘quv tanishuv amaliyoti Respublikamizni nufuzli tashkilotlarida: Toshkent issiqlik elektr stansiyasi, Bo‘zsuv gidroelektr stansiyasi, ToshDAU koshidagi “Gidroponika markazi” DUK, “BMK – Agromash” AJ, “Elektrqishloqqurilish”AJ, Tuyabo‘g‘iz gidroelektr stansiyalarida o‘tkazildi. Talabalar 2019 yil 24 iyundan 6 iyulgacha Qishloq va suv xo‘jaligi energetikasi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikma va tushuncha hosil qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi energetikasi haqida tasavvurga ega bo‘lib, agrar soha va elektr energiyasidan foydalanishni tizimlarida ishlatiladigan elektrotexnologik qurilmalari, elektr energiyasidan samarali foydalanish tadbirlari haqida umumiy ma’lumot oldilar.