Sog'lom turmush tarzini olib borish
Institut talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalari bilan psixologik-psixoprofilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida 11 -dekabr kuni 2 – TTJ talaba qizlari bilan institut psixologi M.K. Muxamedova va tarbiyachi-pedagog N. Holiqovalar ishtirokida “Talaba qizlarning yotoqxonaga adaptatsiya qilish jarayoni”, “Sog'lom turmush tarzini olib borish”, momolarimizdan meros bo'lgan “Ibo – hayo” mavzularida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir boshida institut psixologi M.K. Muxamedova talaba qizlar bilan tanishuv treningi o'tkazdi. Har bir ishtirokchi o'z ismining bosh harfiga bitta sifat keltirib o'tish ko'rsatmasi berildi. Treningda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi. Institut psixologi “Tozalik – sog'lik garovi ekani haqida so'zlab, har bir vaziyatga o'zbek xalq maqollaridan misollar keltirib, talaba qizlarni barchalari gigiyena qoidalariga amal qilishlari lozimligi haqida tushuncha berib o'tdi. 2 – TTJ tarbiyachi-pedagogi N. Holiqova har bir qiz o'z yashayotgan xonasini toza – ozoda tutishlari zarurligi haqida mavzuni davom ettirdi. Tadbirda “Sog'lom turmush tarzi” degani nima?, unga qanday amal qilish lozimligi to'g'risida so'z yuritildi va mavzuni mustahkamlash uchun “Psixolog maslahati” kanaliga mavzu yuzasidan maqola berildi.
TIQXMMI matbuot xizmati