Futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasida sportga bo‘lgan qiziqish shunchalik yuqoriki, mamlakatda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lganlar insonlar shu sport bilan shug‘ullanishadi. Xususan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ham shunday, ya’ni jamoaning barcha a’zolari rahbariyat, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘zlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning futbol turi bilan shug‘ullanib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘tarilgan 5 ta tashabbus ijrosi yuzasidan joriy yilning 14 oktyabr kuni institutning sport maydonchasida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 1-bosqich talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” tashkillashtirildi. Bundan maqsad talaba-yoshlarni yanada jipslashtirish va ularning vaqtini mazmunli o‘tkazishdan iborat edi.
Tadbirni fakultet dekani t.f.n. dotsent Shavazov Q.A. ochib berdi. Unda 8 ta jamoa qatnashdi. Barcha talabalar nigohida sportning bu turiga qiziqishlari ularning xursandchiligida namoyon bo‘ldi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 103-guruh, 2-o‘rinni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari boshchiligida yig‘ilgan terma komanda, 3-o‘rinni 101- va 104-guruhlar egallashdi. Tadbirni tashkillashtirishda fakultet dekani rahbarligidagi jamoasi va “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi a’zolariga chuqur minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Boymatov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov