Jahon Bankining Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi  va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligidagi “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish”  xalqaro loyixasi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  22 martdagi “Xalqaro rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ”gi PQ-2848-sonli qarori tasdiqlangan bo‘lib, mazkur qaror ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Jahon bankining Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (International Development Assosiation of World Bank) ishtirokida “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” (Modernization of Higher Education) halqaro loyixasini amalga oshirmoqda.

Shu munosabat bilan, ushbu halqaro loyixa doirasida 2020 yil oktyabr oyidan boshlab 2021 yil yanvar oyiga qadar Ichki sifatni ta’minlash (Internal Quality Assurance)” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-treninglar shu sohadagi yetuk ekspertlar Lyusen Bollert,  Katya Ziebert Kamsek va Akim Emurli tomonidan muntazam ravishda o‘tkazilib kelindi.

Mazkur trening ishining yakuniy natijalariga muvofiq, tanlab olingan 10 nafar OTMlar ichidan eng faol ishtirok etgan 6 ta OTMlari Shbeeman Consulting ekspertlari tomonidan tanlab olinib, loyihaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. 6 ta OTMning trening ishtirokchilariga mazkur loyiha doirasidagi treninglarda faol ishtirok etib, samarali hamkorlik qilib kelayotganligi uchun  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jahon Banki loyiha tashkilotchilari tomonidan tashakkur bildirildi va loyiha ishtirokchilari  sertifikatlar bilan tagdirlandi. Ma’lumki, trening mashg‘ulotlari 8 ta modulni o‘z ichiga olib, o‘tkazilgan seminar-treningda har bir OTM jamoasi tegishli ekspertlarga biriktirilgandir. Ayni paytda, har bir OTM o‘zlariga biriktirilgan ekspertlar tomonidan belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish  maqsadida o‘z vaqtidagi ijrosi tavsiya qilinadi.

Ushbu seminar-treningning maqsadi 2020-2021 yillarning oxiriga qadar yangi ichki sifatni ta’minlash (IST) tizimini yaratish maqsadida O‘zbekistondagi saralangan universitetlar uchun intensiv treninglar tashkil qilish, yangi tizimni ishlab chiqish va tatbiq etish, (couching) koucherlik, murabbiylik bosqichini boshlashdir va tanlangan OTMini Xalqaro Akreditatsiyaga tayyorlashdan va  muassasalarda ichki sifatni ta’minlash (IST) takomillashtirishda loyiha ishtirokchilarning  sa’y-harakatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Mutaxassislar koucherlik  bosqichining maqsadlari, ularni amalga oshirish vaqtlari, metodologiyalari, mavzu bo‘yicha hujjatlarni shakllantirish va tegishli ma’lumotlarni to‘ldirish, zarur trening mashg‘ulotlarini olib borish va amalga oshirish bosqichlari uchun ma’suldirlar. Shu munosabat bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Jahon banki Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (International Development Association  of World Bank) ishtirokidagi “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” (Modernization of Higher Education) halqaro loyixasi doirasida IQA (Internal Quality Assuarance) bir qator ishlar amalga amalga oshirilib kelinmoqda. 2021 yil mart oyida Sloveniya Sifat Oliy Ta’lim institutining mustaqil maslahatchisi Katya Zibert Kamshek Ichki sifatni ta’minlash (IST)ni tadbiq qilishda modul topshiriqlariga asoslangan yo‘riqnomani yuritish va mart - avgust 2021 yil davriga mo‘ljallangan 2- bosqichdagi kouching jarayoni  muhokamasi yig‘ilishi zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda institutimizdan loyiha ishtirokchilarining barchasi ishtirok etib kelishmoqda.  Ichki sifatni ta’minlash (IST) tizimini ishlab chiqish va amalda qo‘llash bo‘yicha institutga biriktirilgan ekspert bilan quyidagi vazifalar yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda:

Mavjud ichki sifatni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish;
-Institutda IST bo‘yicha yo‘l xaritasini yuritilishi, bajarilishi jarayonidagi mas’ullar va muddatlar bo‘yicha ma’lumotlar to‘g‘risida;
-Institutdagi Monitoring va ichki nazorat bo‘limi va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi vazifalari hamda ularni IST bo‘yicha Yo‘l xaritasini bajarilishining monitoringidagi o‘rni to‘g‘risida;
-Institutda loyiha doirasidagi koucherlar IST tizimini rivojlantirishga yordam berib, shuningdek, olib borilgan tahlillar bo‘yicha  olingan ma’lumotlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirish, hujjatlar va ma’lumotlar bo‘yicha ekpertdan olingan fikr va xulosalar, tavsiyalar va amaliy maslahatlar bo‘yicha hamkorlikda ishlash;
- Institutning to‘liq akademik erkinlikga (avtonomiyaga) erishganligi, institut o‘z ta’lim dasturlarini o‘zi mustaqil tasdiqlashi va  o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tishida boshqa rivojlangan davlatlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish;
- Institut bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalari shuningdek ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalarni ishlab chiqish.
Umid qilamizki,  2021yil oxiriga qadar yangi ichki sifatni ta’minlash (IST) tizimini yaratish maqsadida tashkil qilingan bu kabi loyiha doirasidagi  intensiv treninglar  yangi tizimni ishlab chiqish va koucherlik bosqichinini samarali olib borish va tanlangan OTMlarini Xalqaro Akreditatsiyaga tayyorlashdan orqali ta’lim muassasalarida ichki sifatni ta’minlash (IST) takomillashtirishda yaqindan yordam beradi.

TIQXMMI matbuot xizmati