Yil avvalidagi ilmiy-amaliy seminar
“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-oʼqituvchilari, doktorantlar, iqtidorli talabalar joriy yilning 16-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi suv xoʼjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga moʼljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida” 2020-yil 10 iyundagi PF-6024-son va “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida” 2020-yil 29-oktyabrdagi PF-6097-sonli Farmonlari hamda va “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2019-yil 9-oktyabrdagi PQ-4486-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish hamda suv xoʼjaligi uchun kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish sifatini tubdan yaxshilash, oʼquv muassasalari bilan suv xoʼjaligi tashkilotlari, sohaga aloqador boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar oʼrtasida oʼrnatilgan aloqa tizimini yanada mustahkamlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligining Аxborot-tahlil va resurs markazi bilan hamkorlikda amaliy - ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarda, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi mudiri t.f.d., prof. А.Аrifjanov boshchiligida kafedraning barcha professor-oʼqituvchilari, kafedra qoshida tashkil etilgan “Evrika” va “Hydroleaders” iqtidorli talabalar klublari faol talabalari suv xoʼjaligini raqamlashtirish va amaliy texnologiyalarning hozirgi muammolarning va ularni amalga oshirish mavzulari doirasida taqdimot qildilar. Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligining Аxborot-tahlil va resurs markazida suv xoʼjaligini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida markaz direktori Sh.M.Qurbonov hamda yetakchi mutaxassis I.Roʼzievlar taqdimot qildilar. Qizgʼin bahs munozaralardan soʼng “Evrika” va “Hydroleaders” iqtidorli talabalar klublari faol talabalari oʼzlarining suv xoʼjaligi tizimida qoʼllash mumkin boʼlgan gʼoya va ishlanmalarini amalda namoyish etdi. Seminar yakunida tomonlar TIQXMMI “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi va vazirlikning Аxborot-tahlil va resurs markazida oʼrtasidagi innovatsion hamkorlikni amalga oshirish toʼgʼrisida shartnoma loyihasi va yoʼl xaritasi ishlab chiqildi.
TIQXMMI matbuot xizmati