Kurash milliy sport turi boʼyicha qizgʼin musobaqa tashkil etildi

Oʼzbek kurashi bugungi kunda jahon chemponatlarida, olimpiada oʼyinlarida mustahkam oʼringa ega boʼlgani bilan quvonarlidir. Kurash nafaqat sport turi sifatida balki, oʼz termin va atamalari bilan ham jahon tillarida yangrayotgani gʼururimizga gʼurur qoʼshmoqda. Yonbosh, chala, gʼirrom, dakki, halol atamalari butun dunyo tillariga oʼz maʼnosi va mohiyati bilan kirib borgani katta ahamiyatga ega. Bu tasodif emas, albatta. Аlpomish-u Goʼroʼgʼlilar talqinida kuch-quvvat va polvonlikni ulugʼlagan ajdodlarimizning pok niyatlari ezgulik va qahramonlikka yoʼgʼrilgan. Shu asnoda vatan ozodligi va xalq osoyishtaligi hamda himoyasi borasida mardlik va jasorat ulugʼlangan va farzandlarini xuddi shu ruhda tarbiyalashgan. Bugungi kunda ana shu azaliy qadriyat va harakatlarning samarasini koʼrib turibmiz. Sportning deyarlik barcha turlari boʼyicha mamlakatimizdan chiqayotgan Osiyo va jahon chempionlari, ular koʼksini bezab turgan oltin, kumush va bronza medallari bugungi kunda xalqimizning faxr-u iftixoriga bois boʼlayotgani sir emas. Kurash boʼyicha musobaqalarni jamoa tashkilotlari va taʼlim muassasalarida muntazam ravishda oʼtkazib turilishi anʼana tusini olgani sir emas.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kurash milliy sport turini ommalashtirish munosabati bilan "Bu aziz vatan barchamizniki" shiori ostida 60, 66, 73, 81, 90 kilogramm va 90 kilogrammdan yuqori vaznlilar oʼrtasida musobaqa tashkil etildi. Musobaqada Bosh hakam sifatida Sambo boʼyicha ikki karra Jahon chempioni Botir Xoʼjaev qatnashib polvonlarimizni xolisona kuzatib, odillik bilan baholab bordi. Kurash shu darajada avjiga chiqdiki, gilamda bellashayotgan talabalarini zimdan kuzatayotgan fakultet dekanlari va muovinlari mabodo oʼz talabasi raqibining kuragini yer iskatsa, gʼolib kelsa sakrab oʼrnidan turib ketishardi goʼyo oʼzlari kurashga tushayotgandek. Prorektor R. Choriev gilam uzra chapdastlik bilan gir-gir aylanib kurashga chogʼlangan yosh polvonlarni kuzatishdan aslo charchamadi. Fakultetlararo qizgʼin kurashlar natijasi oʼlaroq, turli vaznlar boʼyicha birinchi, ikkinchi va uchinchi oʼrinlar gʼoliblari quyidagicha belgilandi.

60 kg.lik vazn boʼyicha.

1 Аbdullaev Fozil (QSXET)

2 Safarboev Gavxarbek (GM)

3 Qaxxorov Sardor (GTQ)

 66 kg.lik vazn boʼyicha

1 Ogʼamurodov Аsilbek (QXM)

2 Qurinboev Аbdulla (GM)

3 Ismatullaev Shoxjaxon (QSXET)

 73 kg.lik vazn boʼyicha

1 Аbduraxmonov Shoxrux (ERB)

2 Shapoatov Saloxiddin (GTQ)

3 Yangiboev Jamshid (GTQ)

 81 kg.lik vazn boʼyicha

1 Ruxiddinov Ramazon (GTQ)

2 Sultonov Umarbek (GTQ)

3 Boʼstonov Bekzod (QSXET)

 90 kg va undan ziyod vazndagilar boʼyicha

1 Tojiev Xudoyberdi (ERB)

2 Erkinov Ezoz (QSXET)

3 Primbetov Ikmet (GTQ)

Jismoniy sinov intellektual kuchga ham qudrat baxsh etishi tayin, bunday yoʼsindagi sport musobaqalarining tez-tez oʼtkazib turilishi maqsadga muvofiq. Sogʼlom tanda sogʼ aql boʼlishini bilgan insonlar bunga befarq qarashmaydi. Chunki shu ulugʼ vatan barchamizniki ekan, uning himoyasi va manfaatlari uchun hammamiz bir yoqadan bosh chiqargan holda aqlan, ruhan va jismonan sogʼlom boʼlib jipslashsakkina barkamol vatanning sharafiga, shan-shavkatiga hissa qoʼshgan boʼlamiz.

TIQXMMI matbuot xizmati