Yangi qurilma ishlab chiqildi

Xitoy Fanlar Akademiyasi qoshidagi Xinjiang Ekologiya va Geografiya instituti olimlari hamda TIQXMMI “Gidrologiya va Gidrogeologiya”, ”Gidravlika va gidroinformatika” kafedralari professor-o’qituvchilari va yosh talabalari prof. A.M.Arifjanov, prof.A.M.Fatxulloyev, dots.L.N.Samiyev, dots.Sh.B.Akmalov, prof.Gao Peng,prof. Liu Hailong, Sh.Shodiyev, B.Abdusalomovlar hamkorlikda masofadan ma’lumotlarni uzatuvchi mini meteo-gidrogeologik post qurilmasini ishlab chiqishdi. Ushbu qurilma institutlararo tuzilgan memoriandum va shartnomaga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasining 10 ta hududiga o’rnatildi hamda hozirda ma’lumotlarni institutimizda o’rnatilgan kompyuterga masofadan uzatmoqda.Ushbu ma’lumotlar ob-havo, sizot suvlarini harorati, namlik, bosim, mineralizatsiyasi haqidagi malumotlardir. Qurilmaning 1 donasi institutimiz hududida o’rnatilgan bo’lib unda talabalar bevosita innovatsion texnologiyalar asosida  amaliy va laboratoriya ishlarini olib borishmoqda. Suratda ”Gidrologiya va Gidrogeologiya”kafedrasi dots.Sh.B.Akmalov va iqtidorli talaba Sh.Q.Shodiyev Gidrologiya (Suv omborlarida) 317-guruh talabalariga iqlimshunoslik fanidan ob-havo haqidagi distansion ma’lumotlarni olish bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazishmoqda.

 

Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov