“Pedagogik mahorat maktabi” kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 24 maydagi PQ-3003-sonli “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi 797-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalarga asosan institutda o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish yuzasidan “Oliy ta’lim muassasalari yosh pedagog kadrlari uchun ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” maqsadida “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedra qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “PEDAGOGIK MAHORAT MAKTABI” kursi 2019 yil oktyabr oyidan yanvar oyigacha o‘z faoliyatini barcha fakultetlar kesimida yosh o‘qituvchilar: stajer-o‘qituvchilar, pedagoglik faoliyati bo‘yicha 5 yilgacha ishlab kelayotgan yosh assistentlar ishtirokida 3 marotaba tashkil etdi.
Dastlabki darslar 2019 yil oktyabr oyida 19 nafar Gidromelioratsiya hamda Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakultetlarida yosh o‘qituvchilarga;
Noyabr oyida Gidrotexnika qurilishi, Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetlarining 32 nafar yosh o‘qituvchilariga;
Dekabr oyida esa Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish hamda Yer resurslarini boshqarish fakultetlarining 38 nafar yosh o‘qituvchilariga tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar kafedra professor-o‘qituvchilari va yetakchi oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.
Yosh o‘qituvchilar mashg‘ulot jarayonida quyidagilarga ega bo‘ldilar:
- o‘qituvchi faoliyatida pedagogik mahorat, muloqot madaniyati va psixologiyasi;
- o‘qituvchining nutq texnikasi va madaniyati;
- ta’limni tashkil etish shakllari. Dars (Ochiq dars, Binar darslar) va ularga qo‘yilgan talablar;
- interfaol ta’lim metodlari va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash;
- o‘qituvchi faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish;
- o‘qituvchining ta’lim jarayonini tashkil etish texnologiyasi va mahorati;
- maxsus fanlarni o‘tishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi kabi mavzularidan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldilar.
“PEDAGOGIK MAHORAT MAKTABI” o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan yosh o‘qituvchilarga joriy yilning 19 fevral kuni sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda institut rektori O‘.P.Umurzakov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.S.Mirzaev hamda fakultet dekanlari ishtirok etishdi. Institut rahbariyati tomonidan yosh o‘qituvchilarga kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, ta’lim jarayonini tashkil etishda jahon talablariga mos texnologiyalardan foydalanish va o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashi, intilishi zarur ekanligini bildirib o‘tdi. Yosh o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan takliflar keyingi o‘quv kurslarini tashkil etish jarayonida inobatga olinishi aytib o‘tildi.
Institut Matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov