TIQXMMI va HNEE (EBRU) Germaniya Xalqaro Iqlim Tashabbusining 620.000 EUR grantini qo‘lga kiritdi

The improvement of energy efficiency in the building sector through the use of renewable raw materials from agroforestry systems-Agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish  Germaniyaning International Climate Initiative - Halqaro iqlim tashabbusi grant loyihasi

Xalqaro hamkorlar :

Berlin Texnika universiteti, Germaniya Arxitektura instituti; Tabiiy qurilish laboratoriyasi, Ebersvalde Barqaror rivojlanish universiteti (NNEE), Butunjahon agro o‘rmon xo‘jaligi markazi (ICRAF- lnternational Centre for Research in Agroforestry ) O‘rta Osiyo,  Qirg‘iziston va Xindiston filiallari, Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari bo‘yicha maslahat guruhi (CGIAR-), Iqtisodiy hamkorlik va  taraqqiyot federal vazirligi (BMZ).

O‘zbekiston Respublikasidagi hamkor  OTM :Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti

Loyiha qiymati: 620.000 EUR

Loyiha muddati:  2021-2024 y.

TIQXMMI dan koordinator: t.f.n, birinchi prorektor,  Prof.Mirzaev B.S.

Loyiha qatnashchilari:  katta o‘qituvchilar G.Eshchanova  va U. Nullaev

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Germaniyaning International Climate Initiative- Halqaro iqlim tashabbusi halqaro loyiha doirasida “The improvement of energy efficiency in the building sector through the use of renewable raw materials from agroforestry systems”-Agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish mavzusidagi Germaniyaning (Eberswalde University for Sustainable development )Ebersvalde Barqaror rivojlanish universiteti bilan hamkorlikda umumiy qiymati 620.000 yevroni tashkil qilgan grant loyihani qo‘lga kiritdi. Loyiha 01.08.2021dan o‘z faoliyatini boshladi.

Loyiha kordinatori Germaniyaning Ebersvalde Barqaror rivojlanish universitetidan koordinator professor Martin Uelp va  O‘zbekiston Respublikasining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining birinchi prorektori, professor Mirzaev Bahodir Suyunovich, loyiha katnashchilari “Ingliz tili” kafedrasi katta o‘qituvchilari Go‘zal Eshchanova va Ulug‘bek Nullaev hisoblanadi.

Germaniya xukumati tomonidan moliyalashtirilgan mazkur grant doirasida qatnashuvchi tashkilotlar bilan xamkorlikda  xalqaro loyiha doirasida video yig‘ilishlar va  muzokaralar olib borilmoqda va qo‘shimcha shartnomalar imzolanilmoqda. Loyiha doirasida Germaniyaning Z-U-G tashkiloti loyihalar bo‘yicha O‘zbekistondagi vakili Yuldasheva Dilfuza TIQXMMIga tashrif buyurdi va bizdagi mavjud shartg‘sharoitlar bilan yaqindan tanishishga musharraf bo‘ldi. Shuni ta’kidlash kerakki, G.Eshchanova  Germaniyaning Ta’lim va Tadqiqot Vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan "E- agroforestry- Food security and livehood improvement through the agroforestry in Central Asia"-"E- agro o‘rmon xo‘jaligi - Oziq -ovqat xavfsizligi va Markaziy Osiyoda agro o‘rmonchilik orqali turmush darajasini yaxshilash"halqaro loyixasi doirasida   Ebersvalde Barqaror rivojlanish universitetida yosh tadqiqotchi sifatida 20.09.2018-20.11.2018y. davrida malaka oshirib qaytgan va shu kungacha Germaniyalik professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashishda muntazam ishlab  kelmoqda.

Umid qilamizki, mazkur xalqaro loyiha doirasida Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Institutida grant  mavzusi bo‘yicha Germaniyalik olimlar bilan tajriba almashinib, shu sohada institutimiz ravnaqi yo‘lida professor va o‘qituvchilar, qolaversa o‘sib kelayotgan yosh avlodga zamonaviy ta’lim berishdek vazifalarni yanada mukammallashtirishga va O‘zbekiston Respublikasida yanada rivojlantirilishi kutilgan agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirishda rejalashtirilgan bir qator  yutuqlarga erishiladi.

 

                                                                                        TIQXMMI matbuot xizmati