O‘zbekiston-Vengriya rektorlari forumida TIQXMMI Buxoro filiali ham faol ishtirok etmoqda

Forum doirasida viloyat oliy ta`lim muassasalari rektorlari ma`ruzasi tinglandi. Ushbu forumda doktor Orsoyo Pasai-Tomashich, Vengriya delegasiyasi rahbari, Vengriya Diplomatik akademiyasi va «Stipendium Hungaricum» dasturi Davlat kotibi, Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Peter Santo, Zemmelveys universiteti rektori Doktor Bela Merkey, Vengriyaning boshqa universitetlari rektorlari, TIQXMMI Buxoro filiali rahbariyati a'zolari ham ishtirok etishdi.

Vengriya hamda O'zbekiston oliy ta’lim muassasalari hamkorligi bu forumdan yanada jonlanishi kutilmoqda deya ta'kidlab o'tdi Vengriya delegasiyasi rahbari, Vengriya Diplomatik akademiyasi va “Stipendium Hungarium” dasturi Davlat kotibi, fan doktori Orsoyo Pasai-Tomashich.Forum so'ngida O'zbekiston va Vengriya OTMlari ishtirokida memorandumlar imzolash marosimi bo'lib o'tdi. TIQXMMI Buxoro filiali nomidan filial direktori Shavkat Jaxonovich ham 10 ga yaqin memorandumlarni imzoladi. Mazkur forum kelajakda ikki tomon uchun ham foydali bo'lishini Shavkat Jaxonovich ham ta'kidlab o'tdi.

TIQXMMI Buxoro filiali Matbuot xizmati
TIQXMMI matbuot xizmati