Xalqaro ilmiy konferesiya FORM-2020 o‘z faoliyatini onlayn tarzda boshladi
Milliy tadqiqotlar Moskva davlat qurilish universiteti (NIU MGSU), Xanoy shahar Milliy qurilish universiteti (NUCE), Xo Shi Min shahar Arxitektura universiteti, Xanoy Arxitektura universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIIIMSX) hamkorligida XXIII Qurilish – hayotiy faoliyatni ta’minlash muhitidir «CONSTRUCTION THE FORMATION OF LIVING ENVIRONMENT 2020» (FORM-2020), xalqaro ilmiy konferensiya 2020 yil 22-25 aprelda Vetnamning Xanoy shahridagi Milliy qurilish universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
2020 yil mart oyida boshlangan pandemiya sababli ushbu konferensiyani o‘tkazish muddati 2020 yil 23 sentyabrga ko‘chirilgandi. Bugun, Toshkent vaqti bilan 12-00 da FORM-2020 Xalqaro Ilmiy Konferensiyaning ochilish marosimiga bag‘ishlangan yalpi majlis, qurilish sohasidagi yetakchi olimlarning ma’ruzalari bilan boshlandi. Yalpi majlisda hamkor universitetlarning rahbarlari Pham Duy Hoa, Akimov Pavl, Vu Ngoc Anh, va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim kengashi raisi, institutimiz rektori Uktam Umurzakov xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilarini tabriklashdi.
Konferensiya o‘z ishini 2020 yil 24-25 sentyabr kunlari quyidagi ilmiy seksiyalarda davom ettiradi:
- 1-Seksiya. «Aqlli» shahar (Smart city);
- 2-Seksiya. Zamonaviy qurilish materiallari (Modern building materials);
- 3-Seksiya. Muhandislik infrastrukturasi (Engineering Infrastructure);
- 4-Seksiya. Bino va inshootlarning ishonchliligi (Reliability of buildings and constructions);
- 5-Seksiya. Qurilishda menejment (Management in construction);
- 6-Seksiya. Qurilishdagi yangi texnologiyalar (New construction technologies).
Institutimizning 43 nafar professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashishmoqda. Konferensiyada muhokamadan o‘tgan ilmiy maqolalar Scopus bazasidagi ilmiy jurnalda chop etiladi. Konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
TIQXMMI matbuot xizmati