Sheʼr sehriga mehr

Oʼz umrini, hayot mazmunini sheʼriyatsiz tassavvur qilolmaydigan adiblar boʼladi. Ular qalb malhami, dil dardlarini ifodalovchi vosita, badiiy qurol sifatida sheʼriyatni eʼzozlaydi. Oʼz tuygʼularini, chizgilari va sezgilarini Vatan qadri xalq dardi bilan bogʼlab aql chigʼirigʼidan oʼtkazib qogʼoz yuziga tushirishadi.

Аna shunday xassos, adiblardan biri xalq shoiri va qahramoni Аbdulla Oripovdir. Shoir ijodiyotini kuzatarkansiz, falsafiylikka yoʼgʼrilgan nafosatni sezasiz. Uning ijodiyotiga oid juda koʼp ilmiy risola va monografiya yaratilishi shubhasiz. Oʼzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov aytganidek, “Аbdulla Oripov fenomeni hali oxirigacha anglanmagan timsoldir”. TIQXMMIda ulugʼ adib Аbdulla Oripov ijodiga bagʼishlangan “JONАJONIM, ShEЪRIYaT!” nomli ruknda iqtidorli yozuvchi, jurnalist Аbdusaid Koʼchimovning shoir haqidagi “Men shoirman, istasangiz shu...” deb nomlangan kitobining onlayn taqdimoti boʼlib oʼtdi.

Institut prorektori Ruzimurat Choriev tadbirni kirish soʼzlari bilan ochgach, Respublika oliy taʼlim kengashi raisi, institut rektori, professor, Umurzakov Oʼktam Pardaevichga soʼz berdi. Ular institutda Аbdulla Oripov ijodini ommalashtirish borasida qilinayotgan turli yoʼsindagi ishlar va shoir nomidagi maxsus stipendiya hamda koʼkrak nishoni taʼsis etilganini faxr bilan taʼkidlab oʼtdilar. Shuningdek, taqdimot etilayotgan kitobning ahamiyati haqida soʼz yuritib ishtirokchi mehmonlarga oʼzlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Unda kitob mualifi taniqli yozuvchi va publitsist, Oʼzbekiston milliy axborot agentligining bosh direktori Аbdusaid Koʼchimov, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, “Oʼzbekkino” milliy agentligi rahbarining birinchi oʼrinbosari, Shuhrat Rizaev hamda shoirning qizi, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Shoira Oripova, TIQXMMI Qarshi filialining rahbari va professor oʼqituvchilari hamda Аbdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʼqituvchi va oʼquvchilari faol ishtirok etishdi. Аbdusaid Koʼchimov “Men shoirman, istasangiz shu...” deb nomlangan xotira kitobining yaratilishi bilan bogʼliq maʼlumotlarni keltirib oʼtdi. Soʼzdagi sehrni va sheʼrdagi hikmatni anglagan adibning asarlari mangullika muhrlangan.

Shuhrat Rizaev esa shoirning ijodiyotida falsafiylik nafosatning uygʼunligi mavzusida soʼz yuritdilar. Shoirning qizlari Shoira Oripova otasi haqidagi xotirotlari bilan oʼrtoqlashdi. Soʼngra Аbdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʼquvchisi Sevinch Omonova, TIQXMMI “Yer resurslarini boshqarish” fakulьtetining talabasi Dilnoza Jabborova, “Gidromelioratsiya” fakulьteti talabasi Sohiba Imomomalievalar oʼzlarining hamda shoir sheʼrlaridan namunalar oʼqishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati