TIQXMMI xodim va talabalari C.A.T science accelerator 2.0 da g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi
Mamlakatimizda turli startap loyihalar va ko‘rik tanlovlar e’lon qilinmoqda, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan, dunyo reytingida TOP 3 eng yaxshi dastur platformalaridan biri asosida faoliyat olib borayotgan C.A.T science accelerator ham shular qatoridan o‘rin olgan.
Hozirda C.A.T science accelerator ning 2.0 dasturi o‘z faoliyatini boshladi, unda Markaziy Osiyo davlatlaridan 253 dan ortiq loyihalar dastlabki saralash bosqichiga qabul qilindi, ular qatorida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti Usmanov Aziz Magdaliyevich, doktorant Ozodov E’zoz, magistrantlar Yusupov Muhammadsodiqjon va Ismailov Sarvarbeklar tomonidan ishlab chiqilgan “ Defuse-it ” loyihasi ham saralash bosqichida ishtirok etdi.
Institutimiz jamoasining muvaffaqiyatli loyiha himoyasi natijasida “Defuse-it” jamoasi C.A.T science acceleratorning 2.0 dasturiga qabul qilindi, jamoa Respublika ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyasidan foydalandilar va 6 oy davomida AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya ilg‘or startap mutaxassislari, mentorlar, trekerlari tomonidan startaplarini rivojlantirish ta’lim dasturida ishtirok etdilar. Qabul qilingan 18 ta loyihalar dasturning ikkinchi bosqichiga o‘tdi, reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha “Defuse-it” eng yuqori o‘rinni egalladi.
“Defuse-it” loyihasi sug‘orish uchun qo‘llaniluvchi suvning tuzlanganlik darajasini pasaytirish uchun qaratilgan uskunasi bilan ishtirok etmoqda. Ushbu uskuna masofadan boshqarish GSM, AT mega 328 mikroprotsessori asosida yaratilgan va qaror qabul qilish tizimi bilan jihozlangan.
2020 yil 25 sentabrida Innovatsion rivojlanish vazirligida o‘tkazilgan final bosqichida Markaziy Osiyo mamalakatlarida final bosqichiga etib kelgan 10 startap loyixalari bilan belashgan xolda faxrli birinchi o‘rini egaladilar va Innovatsion rivojlanish vazirligi loyixani moliyalashtirish uchun tavsiya etildi. Endilikda jamoa o‘z biznes rejasini innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etishi zarur.