Yaponiyaning SATREPS dasturi doirasida O‘zbekistonlik olimlar ishtirokida qo‘lga kiritilgan dastlabki hamkorlik loyihasi vazifalari muhokama qilindi
Bugun Yaponiya va O‘zbekistonning nufuzli universitetlari va tashkilotlari tomonidan Yaponiyaning SATREPS doirasida qo‘lga kiritilgan “Orol oldi mintaqasida yerlar sho‘rlanishini kamaytirish va mahsuldorligini oshirishga yo‘naltirilgan suvdan foydalanish va monitoringini olib borishning yangi texnologiyasini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha “Orol oldi mintaqasida yerlar sho‘rlanishini kamaytirish va mahsuldorligini oshirishga yo‘naltirilgan suvdan foydalanish va monitoringini olib borishning yangi texnologiyasini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha faoliyatini tashkil etish va uning dasturining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan onlayn rejimda tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekistoning Tokiodagi Elchisi G‘ayrat Fozilov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Yusupbek Kazbekov, Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazirov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Ibraim Xodjaev, International Fund for Saving Aral Sea (IFAS) rahbari Vadim Sokolov, International Innovation Center for Aral Sea Basin (IICAS) rahbari Murat Ganiev, TIQXMMI rektori O‘ktam Umurzakov, UzGIP bosh mutaxassisi Gulchehra Xasanxanova, Uzgidromet direktori Baxriddin Nishonov, “Panaev farm” xo‘jaligi mutaxassisi Qurbonov Alisher, Baliq Nukus fermer xo‘jaligi rahbari Kalibek Prembetov, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari Eliboeva Nazira hamda Yaponiya tomonidan JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari Kazuko Takabatake va Farxod Qurbonov, Kioto universitetidan prof. Tanaka Kendji, Dr.Timur Xujanazarov, prof. Osamu Kazan, Toxoku universitetidan dr. Yoshiya Tuuje, Kitakiyushu universitetidan prof. Yasui Xidinari, Mie universitetidan prof. Masuo Naoko, Chiba universitetidan prof. Xiguchi Asushi, Kobe universitetidan prof. Nagano Uki, Tottori universitetidan prof. Kristina Toderichlar qatnashdilar.
Mazkur o‘ta dolzarb masalalar yechimiga yo‘naltirilgan loyihani bajarilishini va uning natijalarini joriy etishda tomonlarning vazifalari har tomonlama muhokama qilindi. Uchrashuvda dr. Timur Xujanazarov tomonidan loyihaning maqsadi va vazifalari, ularni bajarishda qo‘llaniladigan uslub hamda yondashuvlar bo‘yicha taqdimot qilindi. Loyihaning tarkibi va bosqichlari borasida savol-javob bilan aniqliklar kiritildi. Uchrashuv so‘nggida O‘zbekiston tomonidan tashkilotlar loyiha doirasida bajarishlari lozim bo‘lgan vazifalarini qamrab olgan alohida taqdimot qilishiga kelishib olindi. Uchrashuv iliq va muhokamalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov barcha ishtirokchilarga tashakkur bildirgan holda uchrashuvni yakunladi.
TIQXMMI matbuot xizmati