Insonga naf keltirish - oliy baxt!
2019 yil 25 yanvarda institut Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor Q.Shavazov, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi F.Irisov, institut psixologi Yu.Narmetova hamkorligida 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rovojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi vazifalarni bajarish yuzasidan “Yoshlar- kelajak bunyodkori” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi. Unda Respublika ijtimoiy bolalar moslashuv markazidan qator psixologlar va ijtimoiy boʻlim xodimlari ishtirok etishdi va tajribali psixologlar tomonidan psixologik treninglar oʻtkazildi. Davra suhbatida ijtimoiy himoyaga muxtoj, chin yetim va kam taʼminlagan fakultet talabalari ishtirok etdi. Suhbat jarayonida institutning “Ijtimoiy rivojlanish” dasturini tuzishda talbalardan fikr va mulohazalar tinglandi. Faol talabalarimizga va mehmonlarimizga Kasaba uyushmasining estalik sovgʻalari topshirildi.