Butun olamni jo qilgan yurak
Mustaqilligimiz asoschisi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 - yil 30 - yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod fanlari nomzodi. Mehnat faoliyatini 1960 - yilda Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961 - yildan 1966 - yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi. 1990 - yil 24 - mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 1991 - yil 31 - avgust kuni I. Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. Bugun Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakultetining 1 - kurs talabalari “Islom Karimov nomidagi ilmiy – ma’rifiy memorial Oqsaroy majmuasi”ga tashrif buyurushdi. Talaba-yoshlar Birinchi Prezidentimizning badiiy ko’rgazmasiga ham tashrif buyurdi. Porloq xotirangiz doimo qalbimizda.
Qabringizga keldim Ota,
Sog‘inibman ochig‘i...
Yig‘layverib g‘amga cho‘kdi,
Ko‘zlarim qorachig‘i..
Na bir taskin, na – da dalda,
So‘zsiz qolgan mamlakat.
Balki menday yig‘layotir,
Sizsiz qolgan mamlakat.
Har holda, bugungi kunda davlat rahbari qarorgohini Oq uy deb atash bilan bog‘liq tarixning poydevorini aynan o‘zbek davlatchiligidan izlash kerakligi kundek ayon bo‘lgan ko‘rinadi. Bu – tabiiy. Axir, bashariyat tarixida buyuk Sohibqiron bobomiz barpo etgan temuriylar davlatidan buyukroq davlat bo‘lganmi o‘zi?! Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z qarorgohiga nom tanlashda aynan shundan kelib chiqib ish tutgan. Mustaqillik bizga shu so‘zlarni butun dunyoga baralla aytish imkonini berdi.
Gidromelioratsiya fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini O.Habibullayev axboroti
Institut matbuot xizmati R. Jumaniyozov