Nafosat va nazokat timsoli
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub negizida xotin-qizlarga bo’lgan e’tibor muhimligiga doimo yuzlanamiz. Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga ajratilayotgan keng imkoniyatlarning yaqqol misoli- Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilganligi, Prezidentimiz murojaatnomasiga binoan qizlar uchun OTM ga kirishda grantlarni 2 barobarga ko’paytirilishi, Respubilikamizda yaqinda tayinlangan 4 nafar ayol hokimlarni aytib o‘tishimiz mumkin. Ana shu islohotlarga hamnafas ravishda.
Xotin-qizlarning iqtidorlarini qo’llab-quvvatlash, jamiyatda gender tengligini ta’minlash, ayollar haq-huquqlarini, majburiyatlarini, burchlarini chuqurroq anglashida ko’maklashish, o’z sohasida ilmiy jihatdan izlanayotgan qizlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida "Respublika lider qizlar festivali" bo‘lib o‘tdi. Festivalda Respublikamizda har tomonlama yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan rahbar ayollar, xotin-qizlar, Davlat mukofoti sovrindorlari hamda tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan ta’lim muassalarida ta’lim olinayotgan, tanlab olingan 200 dan ortiq yosh qizlar ishtirok etishdi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidan ro‘yxatdan o‘tgan 31 nafar ishtirokchidan 1 nafari “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 4-bosqich talabalasi Norboyeva Dilshoda G'ayrat qizi Fan, Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘z loyiha taqdimoti bilan ishtirok etdi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. Tashkiliy qo‘mita rahbarlari tomonidan institutimizda amalga oshirilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijobiy va namuna sifatida deya e‘tirof etildi. Institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati