Saylov siylov emas, sinovdir

2019 yil 4 oktyabr kuni TIQXMMI Qarshi filialida “2019 yil 22 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir talabalar bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.A.Ravshanov olib bordi. Tadbirda TIQXMMI Qarshi filiali direktori Z.M.Muqimov, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.R.Ubaydullaev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.A.Ravshanov, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti dekani U.I.Qodirov, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i B.B.Ro‘ziqulov, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i O.J.Primov, 15 nafar akademik guruh murabbiylari hamda 254 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni TIQXMMI Qarshi filiali direktori Zarip Majlisovich Muqimov kirish so‘zi bilan ochdi. Tadbir mehmonlari Qarshi tumani saylovini muvofiqlashtiruvchi tuman saylov komissiyasi a’zosi G‘ayrat Jumaevich Ergashev “Saylovda kuzatuvchi va vakolatli vakillarning o‘rni va roli” mavzusida, Qarshi shahar 29-sonli “O‘zbekiston” saylov okrugi raisi Qahramon Abdievich Mahmanazarov “Saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining muhim mezoni” mavzusida, TIQXMMI Qarshi filiali “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri Charos Xusanovna Temirova “Saylovlar–demokratiya kuzgusi” mavzusida talabalarga O‘zbekiston saylov qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi saylov kodeksi, undagi yangiliklar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari, Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalarining vazifalari va vakolatlari, saylov tizimining huquqiy asoslari, demokratik saylov, saylovchilarning huquq va erkinliklari to‘g‘risida batafsil tushuntirib berishdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga tadbir qatnashchilari tomonidan aniq, qisqa va tushunarli tarzda to‘laqonli javob berildi. Tadbir qiziqarli va munozaralarga boy tarzda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov