TIQXMMIda xorijiy universitetlar bilan onlayn tizimida “CONMECHYDRO-2020” xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 09.10.19y. PQ-4486-sonli qaroriga hamda “2020 yil – ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturiga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida onlayn tizimida, dunyoning eng kuchli 400 ta oliy o‘quv yurtlari tarkibidagi Buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti, Qozog‘iston-Germaniya Universiteti, Gidroproekt AJ ta’sischiligida "Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO-2020)” nomli Xalqaro ilmiy konferensiya bugun, 2020 yil 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 10.00 da onlayn tarzda o‘z ishini boshladi.

Suv resurslaridan unumli foydalanish, gidroenergetika, qishloq va suv xo‘jaligini iqlim o‘zgarishi sharoitiga moslashtirish, sohadagi mavjud muammolar yechimini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda xorijning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni mustahkamlash konferensiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Konferensiyada AQSh, Fransiya, Germaniya, Kanada, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya ,Rossiya,Qozog‘iston,Todjikiston,Afg‘oniston,Qirg‘iziston kabi davlatlardan 500 dan ortiq soha mutaxasislari, olimlar mualliflar onlayn tarzda ishtirok etishmoqda.

Bugungi pandemiya sharoitini inobatga olib, barcha ta’sischilar kelishgan holda konferensiyani onlayn tarzda o‘tkazishayotganligi alohida e’tiborga molikdir. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati xorijiy universitetlar va tashkilotlardan qatnashayotgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va mutaxassislar uchun barcha sharoitlarni tashkillashtirgan. Tashkilotchilarning tabrik so‘zlari, qabul qilingan maqolalar ro‘yxati va to‘liq matni, maqolalarning prezentatsiyalari konferensiya saytida batafsil yoritilmoqda. Maqolalar bo‘yicha savollar elektron pochtaga, ingliz tilida yuborilmoqda. Barcha ishtirokchilar o‘zaro savol – javoblar bilan fikr almashishlari mumkin. Tashkiliy qo‘mita bitta umumiy pochtada ishlarni monitoring qilmoqda.

Mualliflar va barcha qiziquvchilar uchun:

Konferensiya sayti: http://conmechydro.spbstu.ru/

Tashkilotchilarning tabrik so‘zlari:

http://conmechydro.spbstu.ru/userfiles/files/pdf/rectors_greeting.pdf -TIQXMMI

http://conmechydro.spbstu.ru/userfiles/files/pdf/dku_greeting.pdf - KNU

http://conmechydro.spbstu.ru/userfiles/files/pdf/hidroproject_greeting.pdf - Gidroproekt

Maqolalar ro‘yxati:

https://drive.google.com/open?id=1PTUBZuu-5Adi4SdWNOAuRyfzjDk2nCaf

Maqolalarning to‘liq matni: https://drive.google.com/open?id=18sSBVjXCQcyBNaSJ9t0G5NIGgE3CMpH

Maqolalarning prezentatsiyalari:

https://drive.google.com/open?id=1awUjJKrnMNPALO-i-ohY0IsQM7ihiUKo

Ma’lumotlar bilan konferensiyaning faoliyati davomida tanishish mumkin.

Murojaatlar uchun elektron manzil: conmechydro_2020@mail.ru

Muhokamadan o‘tgan ilmiy maqolalar SCOPUS, WEB OF SCIENCE xalqaro bazalar ro‘yxatidagi nufuzli ilmiy-texnik jurnallarda chop etiladi.

Tashkiliy qo‘mita