Atrof-muhit go‘zalligi qalb go‘zalligidan

Ekologik muhitni muhofazalash, tabiat va inson o‘rtasida muvozanatni saqlash bilan bog‘liq vazifalar bugungi kunda butun dunyoda dolzarb mavzuga aylandi. Zero, insoniyat kelajagi ekologiya muammolarining samarali hal etilishiga bog‘liqdir. Ushbu ezgu maqsad yo‘lida barchani birlashtirish, tabiat muhofazasiga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq chora-tadbirlarda izchillikni ta’minlash maqsadida 13 - fevral kuni  Talabalar turar joyida  «Men tabiat bilan birgaman» shiori ostida TTJ rahbariyati, ishchi xodimlar, Bino boshliqlari bilan birgalikda  Ekologiya kuni o‘tkazilmoqda. Institutimizda haftaning shanba kuni ekalogiya kuni deb belgilangan.

 

 

ТИҚХММИ  matbuot xizmati