HUAWEI kompaniyasi vakillari data-sentrdan foydalanish bo’yicha master klass o’tkazib berdi
Seminar HUAWEI kompaniyasining Rossiya federatsiyasidagi vakili Malikov Nikita tomonidan zoom dasturi orqali olib borildi.
Dastlab kompaniyaning rivojlanish tarixiga qisqacha to’xtalib o’tdi.
Hozirgi kunda dunyodagi barcha sohani axborot texnologiyalarisiz tasvvur qilib bo’lmaydi. Jumladan aqilli qishloq xo’jaligi, aqilli shahar, jahon moliya institutlari, neft kompaniyalari, havfsiz shahar va hakozolarni ta’minlashda tezkor ma’lumotni analiz qilish talab etiladi. Buning uchun esa super serverlar bizga yordam beradi.
Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Sh.Raxmonov ma’lumoti
TIQXMMI matbuot xizmati