Uchrashuvni Namangan viloyat xokimining birinchi muovini P.J.Matkarimov ochib, viloyatga Prezidentimiz topshirig‘i bilan kelgan akademik M.Mirsaidovga so‘z berdi.
M.Mirsaidov o‘z so‘zida yurtboshimizning fanda erishilgan yutuklarni amaliyotda tadbiq qilinishiga katta e’tibor berayotganligiga, yuqori natijalarga erishgan ilmiy xodimlar albatta kelgusida taqdirlanishiga hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan to‘la imkoniyat yaratilayotganligini va bunga misol qilib, Fanlar akademiyasini institutlarini tag‘in akademiya tarkibiga qaytarilganligini, Akademiyani yangi ustavini tasdiqlanganligini, Akademiyani saylov nizomini tubdan o‘zgartirilib demokratlashtirilganligini va yangi akademiklarni saylanganligini aytib o‘tdi.
M.Mirsaidov akademiklarni viloyatlarga chiqishida oldin ularni O‘zR FA yuqori darajada ishlayotga institutlari bilan, ya’ni Yuqori texnologiyalari markazi, Genomika va bioinformatika instituti, Xalqaro quyosh ilmiy-tadqiqot instituti va Sharqshunoslik institutlarida erishilgan va bajarilayotgan ishlar bilan tanishtirganligi va u yerda yuqori salohiyat bilan ishlayotgan yoshlar va ularni erishayotgan yutuqlari to‘g‘risida ham gapirib o‘tdi.
Ilmdagi eng katta ilmiy natijalarni hurmatli Prezidentimiz ilmiy tadqiqot va oliy o‘quv yurtlarida ishlayotgan yoshlardan kutayotganligini va bu bajarilayotgan ilmiy ishlar innovatsiya g‘oyalari, yangi texnologiyalar va ularni tadbig‘i bilan yakunlanishi haqida ham M.Mirsaidov gapirib o‘tdi.
Yoshlar va institut xodimlari tomonidan ko‘p savollar berildi va bu berilgan barcha savollarga M.Mirsaidov tomonidan to‘liq javoblar olindi.
M.Mirsaidov kelajakda davlatimiz tomonidan qo‘yilayotgan dolzarb muammolarni yechish uchun bu institutda ilmiy maktab tuzishni va bu institut bilan O‘zR FA o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirishni kelishib olganligini aytib o‘tdi.
Institutning iqtidorli yoshlari Prezidentimizga ilm-fanga katta e’tibor ajratayotganligi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdilar.
Bu suhbatlardan keyin yoshlarda ishonch va ko‘tarinki ruh paydo bo‘lganligini shu institutning yoshlar yetakchisi X.Pattaev o‘z chiqishida bildirdi va Prezidentimizning ishonchini yoshlar tomonidan albatta oqlanishiga ishonch bildirdi.
Bu suhbatdan keyin M.Mirsaidov institut bibliotekasiga 50 ga yaqin O‘zbekiston yozuvchi va shoirlarining kitoblarini (roman va sh’eriy to‘plamlarni) sovg‘a qildi.
Talabalar bu kitoblarni albatta o‘qib chiqishga va’da berishdi.