Yer resurslarini boshqarish fakultetida sumalak sayli
Hushbo'y iforingni tutding dimoqqa,
To'qqiz oy men intiq kutganim, Bahor.
Biryo'la burkaysan butkul borliqni
Rang-barang gullarga takror va takror...
Shoir kuylagan bahorni kim ham sog`inmaydi deysiz. Dunyoda bormikin bahorni sog`inmaydigan, bahorni kutmaydigan inson. Fasli navbahor yaqinlashishi bilan butun borliq uyg`ona boshlaydi. Hamma bahorga peshvoz chiqadi. Doshqozonlarda sumalaklar pishiriladi. Yer resurslarini boshqarish fakulteti jamoasi hamda talaba-yoshlari ham eng so'lim bu faslni baland ruh bilan qarshi oldi. Bugun fakultetga qarashli talabalar turar joyida fakulteti dekani SH.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova, “Yerdan foydalanish” katta o'qituvchisi Z.Hafizova hamda institutimiz psihologi M. Muhamedovalar tashabbusi bilan sumalak va osh toshkillashtirildi. Darvoqe, sumalak sayli Navro'z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizdandir. Sumalak Navro'zning shoh taomi hisoblanib, hushho'r va tansih sanaladi. Yoshu qari tomonidan suyub iste'mol qilinadi.
Ming dardga davodir. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, uning tarihi 3000 yildan oshiq. Azaldan bahor faslida, Navro'zning boshlanishida tayyorlanib kelingan. Amir Temur davriga oid tarihiy, adabiy manbalarda ham sumalak sayli bilan bog`liq an'analar Navro'z bayramining tarkibiy qismlaridan biri sifatida kelishi ulug`lanadi. Biz azaldan bilamizki sayllar qir-adirlarda, bog`larda, shaharlarning katta maydonlarida, registonlarda, chorsu va rastalarda, muqaddas qadamjolarda, mahalla, go'zarlarda o'tkazilib, bir haftadan bir oygacha davom etgan. Bugugi 1 talabalar turar joyidagi professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirokida tayyorlangan sumalak va osh ko'pchilikka ulashib chiqildi. Odamlar sumalakni tatib ko'rish arafasida, bahorga etganiga shukr qilib, yilning yahshi, hayrli, barakali kelishini tilab duolar qilishgan.
Sumalak sayli bazmlar, kuy-qo'shiqlar, ug`il bolalar o'rtasida tosh kutarish, kurash, qizlar o'rtasi turli qo'l mehnatidan yaratilgan taqinchoqlar ko'rgazmasiga ulanib ketdi. Shuni alohida ta'kidlash joizki nafaqat sumalak yalashning, uni tayyorlashning ham gashti bo'lakcha bo'larkan. Hamma talabalarimiz bilan sumalagimiz shirin bo'lishini, orzu-istaklarimiz ijobatini tiladik. Barcha ustozlar va talabalarni qozon atrofida kuy-qo'shiqlar uzzu-tun tinmadi. Yaratgandan qilgan tilaklarimiz, sa'y-harakatlarimiz zoe ketmadi. Sumalagimiz nihoyatda shirin bo'ldi. To'kin dasturhon atrofida bazmi-jamshidni Navro'zi ayyomga bag`ishladik. Bayram shodiyonalari, sumalak sayli qalblarimizni fahru g`ururga to'ldirmoqda. Ilohim shu kunlardagi tilak va niyatlarimiz ijobatini ko'rmoqlik barchamizga nasib etsin.
Yer resurslarini boshqarish fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Hurriyat Eshova ahboroti
TIQXMMMI matbuot xizmati