5 muhim tashabbusga ikki yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 19-mart kuni ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusi doirasida oʻtgan 2 yil mobaynida yurtimiz Oliy ta’lim muassasalarida muayyan amaliy ishlar bajarildi. Ta’lim jarayoni va ishlab chiqarish integratsiyasini bog’lash maqsadida 5 muhim tashabbus doirasida 2019-yilning 7-oktabrida “Gidromeliorativ ishlarni mehanizatsiyalash” kafedrasi ham “SUVMASH” AJ da kafedra filialini ochgan edi. Shu imkoniyatdan foydalangan holda mana 2 yildirki, kafedra professor-o’qituvchilari nasos agregatlarini ishlab chiqarish va ta’mirlash zavodida “Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash asoslari” fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini binar uslubida zavod mutaxassislari bilan o’tib kelmoqdalar.
Bugun ham karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda shu an’anani davom ettirib kafedra o’qituvchilari I.Turdibekov va M.Xolbo’taev boshchiligida 4-bosqich talabalari dars mashg’ulotini o’tadilar. Zavod konstruktorlik byurosi boshlig’i PhD, Sh.Rustamov mashg’ulot davomida amaliyotdagi muammolarni o’rtaga tashladi va mashg’ulot savol-javoblarga boy bo’ldi. Bunday amaliy darslar o’quv yili yakunigacha davom etadi va bitiruvchi talabalarga albatta kelajakda o’z mutaxassisliklari bo’yicha ishlashlari uchun motivatsiya vazifasini bajaradi degan umiddamiz.
TIQXMMI matbuot xizmati