Iqtidorli talabalar forumda
Bugungi kunda yurtimizda ta’limga, yoshlarning ayniqsa, yosh olimlarning ilmiy izlanishlarini qo’llab-quvvatlash ularning yaratuvchanlik qobilyatlarini rag’batlantirish maqsadida joriy yil 25-26-fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “ILMIY ISHLANMALARNI TIJORATLASHTIRISH” forumi tashkil etilmoqda.
Forumda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha turli xil innovatsion ishlanmalar taqdimoti bo’lib o’tdi
- Kimyo texnologiyalari;
- Robototexnika;
- IT-texnologiyalari;
- Qurilish; Energetika;
- Oziq-ovqat:
Ushbu forumning ochilish marosimida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining bir guruh iqtidorli faol talaba magistrlari ishtirok etishdi. Qatnashchilar u yerdagi innovatsion ishlanmalar bilan tanishish asnosida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Hozirgi vaqtda forum o’z ishini davom ettirmoqda barcha qizquvchilarni ushbu forumda qatnashishlarini so’rab qolamiz.
Manzil: Toshkent sh. Olmazor t. Universitet ko'chasi, 7.
TIQXMMI matbuot xizmati