Vengriyalik hamkorlar tomonidan O’zbekistonga minnatdorchilik mavzusidagi maqola chop etildi
2020 yil 16 fevral kuni Erasmus+ “DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasining ingliz tilidagi veb-sahifasida loyihaning vengriyalik hamkorlari tomonidan “Xatto ushbu sinovli vaziyatlarda ham biz ishonadigan hayrihoh millatlarning mavjudligi quvonarlidir!” nomli maqola chop etildi.
Maqolada aytilishicha, ushbu jumlalar Vengriya Respublikasi Tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto tomonidan 2020 yil 14 aprel kuni O'zbekistondan Vengriyaga ikkinchi marotaba ijtimoiy yordam yuborilganini xabar qilganida aytib o’tildi. Birinchi marotaba, joriy yilning 28 mart kuni 150 ming dona yuz niqoblari jo’natilgandi, bu safar esa, 500 ming dona yuz niqoblari yetkazib berildi.
Vazir Peter Siyyarto O'zbekiston Tashqi ishlar va savdo vaziri, Bosh vazir o'rinbosari Sardor O’ktamovich Umurzakov bilan videokonferensiya o'tkazgan va ushbu og’ir vaziyatda barcha joyda muammolar bir xil ekanligi aytib o’tilgan. O'zbekiston hukumati sog'liqni saqlash tadbirlari va iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlash o'rtasida muvozanatni saqlash ustida ish olib borayotganligi xabar qilingan. Ular sog'liqni saqlash ham, iqtisodiyot ham davlatning majburiyati ekanligini tasdiqlaganlar. Videokonferensiya davomida iqtisodiyot ishlayotganini, uni qayta boshlash va yana o'sishini ta'minlagan holda fuqarolarning hayoti va salomatligini himoya qilish lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, vazirlar ushbu pandemiyaning uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi va shu sababli har qanday strategiya uzoq muddatli ta'sirga ham e'tibor qaratishi zarurligini ma’qulladilar. COVID-19 bilan kurashda ikki mamlakatning yondashuvi o'xshash; u iqtisodiy siyosatning an'anaviy va mutlaqo yangi turlaridan foydalanishni ko’zda tutadi.
Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri iqtisodiy masalalardan tashqari, uzoq muddatli istiqbolda eng maqbul hamkorlikni ta'minlash uchun Vengriyada grant asosida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalarning soni o'ttiz nafardan yuz nafarga ko'paytirilganini ham ta’kidlab o’tgan.
Mazkur maqolaga “Tashakkur, O’zbekiston!” deya yakun yasalgan.
Avvallari xabar qilinganidek, bugungi kunda respublikamizda institutimiz koordinatorligida Erasmus+ dasturi doirasida Oliy ta’limda salohiyatni oshirish yo’nalishida “DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasi amalga oshirilayotgan bo’lib, mazkur loyiha doirasida 2019 yildan boshlab yangi “11.00.07 - Geoinformatika” tayanch doktorantura (PhD) ixtisosligi yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunga kelib institutimizda ushbu ixtisoslikda jami 5 nafar tayanch doktorantlar tahsil olishmoqda.
Shuningdek, joriy yilda mazkur loyiha doirasida institutimizda Markaziy Osiyoda yagona birinchilardan bo’lib Geoinformatika bo’yicha “Qo’shma ilmiy tadqiqot markazi” ishga tushirilishi ko’zda tutilgan bo’lib, ushbu markaz loyiha doirasida 115 ming yevro miqdoridagi soha bo’yicha ilmiy tadqiqotga yo’naltirilgan asbob-uskunalar bilan ta’minlanadi.