Yangiliklar

Millat ruhi va ko‘zgusi Millat ruhi va ko‘zgusi
21-oktyabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan TIQXMMI Qarshi filialida “Til millat ko‘zgusi” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
“Til-millat ko‘zgusi” “Til-millat ko‘zgusi”
21 oktyabr soat 11:30 da TIQXMMI majlislar zalida "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti talabalari uchun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
5+1 tizimining amaliyotdagi ijrosi 5+1 tizimining amaliyotdagi ijrosi
Institutimizning “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining 409, 410, 410a va 411 guruhlari kafedra professor-o`qituvchilari Sh.Muzafarov, A.Sanbetova, A.Babayev va A.Davirovlar hamrohligida “O`ZELEKTRTARMOQ” Unitar korxonasi 220/110/10 kv Keles podstansiyasida amaliyot darslarini olib borishdi.
Tarixiy va hamisha navqiron Samarqandda unutilmas forum! Tarixiy va hamisha navqiron Samarqandda unutilmas forum!
Samarqand shahrida 5T Youth Forum o’z faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid beshta muhim tashabbuslarini ilgari surgan holda “5T Yoshlar forumi” Respublika Konferensiyasi Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “My Business” innovatsion markazi, “DD General Insurance” sug‘urta kompaniyasi, “OOO Dream travel study consulting”, “Grantlar.uz” ta'lim platformasi hamkorligida 19-20 oktabr sanalarida Samarqand shahrida o‘tkazilmoqda.
Til e’tiborni talab etadi Til e’tiborni talab etadi
18 oktyabr kuni institutning anjumanlar zalida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
5 ta muhim tashabbus mazmuni va amaliyot 5 ta muhim tashabbus mazmuni va amaliyot
17-19 oktyabr kunlari o‘tkaziladigan talabalar festivalida "Yer resurslarini boshqarish" talabalari faol bo‘lishdi. Shuningdek fakultetda ham har bir tashabbus bo‘yicha turli tadbirlar, davra suhbatlari hamda talaba-yoshlarni bo‘sh vaqlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tiyatr va kasb-hunarga jalb qilindi.
Muzeyga tashrif Muzeyga tashrif
18 oktyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 3-bosqich 10-guruh talabalari guruh rahbari assistent N.E.Abdiyev boshchiligida Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi.
Biz Ekologik barqarorlik uchun kurashamiz Biz Ekologik barqarorlik uchun kurashamiz
18 oktyabr kuni soat 15:00 da TIQXMMI “Ma’naviyat xonasi”da "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Ekoharakat deputatlari a’zosi Qurbonov Abdurahim Eshonqulovich, O‘zbekiston Ekologik harakati hududiy bo‘limlar va harakat faollari bilan ishlash guruh rahbari Azizov Shodiyor Valijonovich va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yunusobod tumani partiya tashkiloti Kengashi raisi Fayziyeva Sevara Tulkunovnalar ishtirokida “Biz ekologik barqarorlik uchun kurashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
“Futbol-millionlar o‘yini” “Futbol-millionlar o‘yini”
20 oktyabr kuni Institut futbol maydonida "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti talaba yoshlari uchun ikkinchi muhim tashabbus: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun fakultet dekanati tomonidan “Sport-sog‘lik garovi” shiori ostida sportning futbol turi bo‘yicha “Dekan kubogi” turniri o‘tkazildi.
Men sevgan kasb Men sevgan kasb
18-oktyabr kuni institumizga “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti S.R. Mansurov tashabbusi bilan Toshkent shahar Zangiota tumanidagi 31 – sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari hamda maktab o‘qituvchisi R. Eshqobilov rahbarligida tashrif buyurdi. Tashrif davomida institutimizda yaratilgan barcha shart-sharoitlar hamda institutimiz tarixi va buguniga oid ma’lumotlar, o‘quv binolari, kutubxonalar va laboratoriyalar bilan tanishtirildi.
Ruhiyat manzaralari Ruhiyat manzaralari
2 - Talabalar turar joyida Tarbiyachi pedagog psixolog Dilorom Sagdullayeva takliflari bilan ustoz, malakali psixolog Maxmud Ergashev tashrif buyurdilar. "O’zingni angla", "Muammo va uni bartaraf etish", " Ong va ong osti bilan qanday ishlash mumkin?" mavzusida talabalar bilan psixologik trening o‘tkazdilar
  "Central asia regional economic cooperation institute" ning  direktor o'rinbosari Iskandar Abdullayevning rektorga tabrigi "Central asia regional economic cooperation institute" ning direktor o'rinbosari Iskandar Abdullayevning rektorga tabrigi
"Central asia regional economic cooperation institute" ning direktor o'rinbosari Iskandar Abdullayevning rektorga tabrigi
“Avtomatik tizimlarni loyixalash” fanidan taqdimot “Avtomatik tizimlarni loyixalash” fanidan taqdimot
17 oktyabr 2019 yil “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqrishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti Aziz Usmanov “Avtomatik tizimlarni loyixalash” fanidan taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining sharti” mavzusida “Sifat guruhi” ma’ruzasi “Saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining sharti” mavzusida “Sifat guruhi” ma’ruzasi
18 oktyabr “Gumanitar fanlar” kafedra dotsenti Gulnora Xudoyberdievaning kalendar rejasiga asosan “Fuqarolik jamiyati” fani bo‘yicha: “Saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining sharti” 6-ma’ruza mashg‘ulotiga tayyorgarlik taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Illatlar kulfatlarga yetaklar  Illatlar kulfatlarga yetaklar
Talabalar turar joyida "O‘g‘irlik va uning oqibatlari" mavzusida tarbiyaviy soat bo‘lib o‘tdi.
E’tibor ehtiromga eshikdir E’tibor ehtiromga eshikdir
“Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan nuroniy yoshdagi professor-o‘qituvchilarning ma’naviy xordiq olishlari uchun O‘zbekiston Milliy Akademiy drama teatrida bo‘lib o‘tadigan spektaklga biletlar topshirdilar.
Talabalar turar joyida Talabalar turar joyida
"O‘g‘irlik va uning oqibatlari" mavzusida tarbiyaviy soat bo‘lib o‘tdi. O‘g‘irlik qilgan inson hech nimaga ega bo‘lmasligi faqatgina o‘ziga gunoh orttirishi va uning shajarasiga ham ta’sir qilishi ta’kidlab o‘tildi.
Jizzaxdagi maktablar faoliyatiga nazar Jizzaxdagi maktablar faoliyatiga nazar
TIQXMMI “Oliy matematika” kafedrasi mudiri Baxtiyor Xudayarov boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilari Yangiobod tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri I.Raximov va bo‘lim mudiri V.Xasanovlar bilan hamkorlikda Jizzax viloyati Yangiobod tumani maktablarida o‘quvchilarga turli fanlardan “Mahorat darslari” o‘tmoqdalar.
Til – millat ko‘zgusi! Til – millat ko‘zgusi!
"Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakultetida 18 oktyabr kuni “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda "Ma’rifat" gazetasi bosh muharriri Xusan Karvonli, gazetaning oliy ta’im bo‘limi boshlig‘i A.Umaraliyev, Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Sh.O‘ljayeva professor-o‘qituvchilar hamda 1-kurs talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
4 kurs talabalarining uchrashuvi 4 kurs talabalarining uchrashuvi
Ishlab chiqarish korxonalari rahbar va mutaxassislari bilan muammoli ma’ruzalar tashkil qilish bo‘yicha rejaga asosan “Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti, SXMIM ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari “Meliomashlizingservis ” MChJ “Servis va monitoring bo‘limi” boshlig‘i N.I.Allaberganov bilan uchrashdilar.