Yangiliklar

Talabalik - oltin davr Talabalik - oltin davr
15 noyabr kuni institutimizda 17-noyabr - "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan va bayram tadbiri tashkillashtirildi. Institutimizning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Ruzimurot Choriyev tashabbuskorligi va tashkilotchiligi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ma’rifiy tadbirda, ayniqsa, Surxondaryo "Boysun" folklor jamoasining tashrifi va musiqiy tabriklari davraga yanada fayz kiritdi.
Yoshlar haftaligi 2019 loyihasi 4-kun natijalari Yoshlar haftaligi 2019 loyihasi 4-kun natijalari
Ko'rgazmada "Yangi asr avlodi" nashriyoti va "Kitob olami" MChJ milliy va jahon adabiyotining eng sara na'munalarini talabalarga taqdim etdi. (kitob savdosi ham avjiga chiqdi to'grisini aytsak, umumiy 147 ta kitob sotildi. Yoshlar ittifoqi va iqtidorli talabalarning ilmiy taqdiqot ishlarini tashkil etish bo'limi hamkorligidan yangi loyihalari davom etadi. Kunning ikkinchi yarmida ilmiy bo'lim tomonidan maqolalar tanlovi taqdimoti o'tkazildi.
2-musiqiy ko'rik-tanlov "The cover up va Aktyor shou" 2-musiqiy ko'rik-tanlov "The cover up va Aktyor shou"
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 2019 - yil 11-noyabrdan 17-noyabrgacha bo'lib o'tadigan, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yoshlar haftaligi -2019" loyihasining 2-tanlovni ham o'z nihoyasiga yetdi. Yettita fakultetning  yetti  jamoasi ikkita shartda (har bir shartga 3 daqiqadan) kuch sinashishdi.  "The Cover Up va Aktyor Shou" ikkitasi birda musiqiy-ko'rik-tanlovi ham ko'tarinki kayfiyatda 2 soat 30 daqiqa mobaynida juda ko'plab institut talabalarini qamrab oldi hamda yangi iqtidorlarni kashf eta oldi.
Mazmundor ekskursiya Mazmundor ekskursiya
12 noyabr kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 5313200 - “Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (elektr va elektron jihozlar) yo‘nalishi 3 - bosqich 12 - guruh talabalari yangi joriy qilingan Ta’limda “5+1” tizimi doirasida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi(Agro texnologiya)” fanidan professor B.Shoymardonov boshchiligida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “BMKB-AGROMASH” AJ ga amaliy ekskursiya tashkil etishdi.
Ilmiy tadqiqot natijalari Ilmiy tadqiqot natijalari
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori 142 x/c sonli buyrug'ini bajarish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Inovatsion rivojlanish vazirligi bilan tuzilgan KX-A-KX-2018-297-sonli shartnomaga asosan "Xorazm vohasi (Xorazm viloyati va QQRning janubiy tumanlari)ning sug'oriladigan yerlarini gidromodul rayonlashtirish va g'o'zaning Ilmiy asoslangan sug'orish tartiblarini ishlab chiqish mavzusidagi Davlat grantining 2019 - yil yakuniy natijalarni olish uchun tajriba dalalariga xizmat safari tashkil etildi. 
Bilimda xosiyat, ilmda mohiyat Bilimda xosiyat, ilmda mohiyat
"Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi va "Bo‘zsuv" irrigatsiya tizimlari boshqarmasi bilan amaliy hamkorlik borasida kelishuv yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda "Bo‘zsuv" ITBda talabalar "5+1" dasturi asosida o‘quv amaliyotini o‘tashlari uchun alohida o‘quv xonasi tayyorlanib, kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. "Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi o‘qituvchilari S.Do‘stnazarova, M.Muxammadiyeva va N.Gadoyevlar "Gidromelioratsiya" fakulteti 3 va 4 - bosqich talabalari uchun "Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" hamda "Qishloq xo‘jaligi ekinlar hosildorligini bashoratlash" fanlaridan allaqachon o‘quv amaliyot darslarini boshlab yuborishgan.
Yoshlar haftaligida innovatsiyalar kuni Yoshlar haftaligida innovatsiyalar kuni
“Yoshlar haftaligi” loyihasi doirasida, yoshlarning ilmiy sohaga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda yangi texnika-texnologiyalardan unumli foydalanib novatorlik imkoniyatlarini namoyish etishga sharoitlar yaratish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 14 noyabr kuni soat 10:00 da institut rektori tomonidan tasdiqlangan dastur asosida innovatsion ishlanma, loyiha va maketlar ko‘rgazmasini tashkil etildi.
Eng yaxshi ilmiy maqola tanlovi Eng yaxshi ilmiy maqola tanlovi
“Eng yaxshi ilmiy maqola” mavzusidagi maqolalar tanlovi komissiyasi 14 noyabr kuni quyidagi 4 yo‘nalish bo‘yicha o‘z ishini boshladi.
Elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashdagi muammolar Elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashdagi muammolar
14 noyabr kuni 5430200-Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish yo‘nalishi 4-bosqich talabalariga “Standart elektrotexnika” korxonasining ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Sh. Murtozov ishtirokida “Elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda mavjud muammolar” mavzusida muammoli ma’ruza o‘tkazildi.
Yoshlar haftaligining uchinchi kuni Yoshlar haftaligining uchinchi kuni
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati hamda Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoshlar haftaligi loyihasi 3-kuni, 3-tashabbus bo'yicha "Nima? Qachon? Qayerda?" nomli o'zgacha uslubda fakultetlararo 6-shartdan iborat o'yin o'tkazildi.
Qutlov Qutlov
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti Yunusov Rustem Fayikovich 60 yoshga to‘ldi.
"Karvin san'ati, Qovoq sayli" fakultetlararo tanlovi "Karvin san'ati, Qovoq sayli" fakultetlararo tanlovi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Yoshlar haftaligi 2019" loyihasining "Karvin san'ati, qovoq sayli" deb nomlangan 3 - tanlovi talabalar turar joyida bo'lib o'tdi. Tanlov qiziqarli tarzda tashkil etildi.
"Yil talabasi -2019" tanlovi g'oliblari taqdirlandi "Yil talabasi -2019" tanlovi g'oliblari taqdirlandi
''Yil talabasi - 2019'' ko'rik- tanlovining g'olib va ishtirokchilarini taqdirlash marosimiga navbat berildi. 7 - nominatsiya bo'yicha 1-2-3- o'rin sohiblarini institut rektori shaxsan tabrikladilar va faxriy yorliqlarni topshirdilar. G'olib bo'lgan yil talabasi 2019 tanlovi g'oliblari ma'naviy rag'batlantirildi. Yoshlarimiz olg'a intilishdan to'xtamaydi. Bizni oldinda ahil jamoa ishtirokidagi tanlovlar va tadbirlar kutmoqda!
Yoshlar Haftaligi 2019" 2-kuni sport musobaqalari qanday o'tdi? Natijalar, jarayon va ishonch!!! Yoshlar Haftaligi 2019" 2-kuni sport musobaqalari qanday o'tdi? Natijalar, jarayon va ishonch!!!
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati hamda institutning Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan "Yoshlar haftaligi - 2019" loyihasi 2-kuni 2-tashabbus sport tadbirlari kuni deb nomlandi hamda institut fakultetlaridan ko'plab yigit-qizlarni o'z atrofida musobaqalar orqali birlashtirdi.
"Yoshlar haftaligi 2019" 2-tashabbus, 2-kun yakuni fakultetlar o'rtasida sport musobaqalari natijalari "Yoshlar haftaligi 2019" 2-tashabbus, 2-kun yakuni fakultetlar o'rtasida sport musobaqalari natijalari
7 ta fakultet o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Maqsad talabalar o'zaro hamjihatlik, birlashtirish edi. Bir qarashda nima uchun degan savol tug'iladi bu tabiiy albatta. Lekin, mantiqan o'ylab qaralsa, mohiyati juda ham keng.
Namunali kiyinish ham odobdir Namunali kiyinish ham odobdir
Odamzod odobi, xulqi bilan “inson” degan sharafga loyiq bo‘lgan. Uning barcha sifatlari “odob” bilan fazilatlarga aylangan. Ba’zilarning nazdida arzimasdek tuyulgan kamchiliklar bartaraf etilmas ekan, bora-bora bu kichik ayb-u nuqsonlar katta halokatlarga olib keladi. Yoshlarning kiyinish madaniyatida ham keskin o‘zgarishlarni ko‘ramiz. Ayniqsa, talaba qizlarning kiyinishi bizni tashvishga soladi.
Sport bilan hamnafas Sport bilan hamnafas
Sport - sog‘lik garovi, unga munosabat muhim.  Salomatlik va ko‘tarinki kayfiyat ham, ish va o‘qish unumi ham shunga bog‘liq. Talabalar ertalabdan ommaviy tarzda chiqib bugun oz bo'lsa-da, yengil mashqlar bilan shug'ullanishdi.
Kafedra filiali jihozlandi Kafedra filiali jihozlandi
11 noyabr kuni dotsent T.Haydarov va assistent. G.Murtazayevalar “Agregat zavodi” AJ da o‘quv amaliy mashg‘ulotlarini olib bordilar. Korxona rahbariyati talabalar bilan mashg‘ulot o‘tish uchun maxsus jihozlangan o‘quv xonasi ajratgan va bu xonada mashg‘ulotlarni sifatli o‘tish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar-kompyuter, proektor, interaktiv doska bilan ta’minlangan.
Moskvalik mutaxassis ma’ruzasi Moskvalik mutaxassis ma’ruzasi
Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti i.f.n., f-m.f.n., yu.f.n., dotsent Sidorenko Vladimir Nikolayevich bugun 13 noyabr kuni Iqtisodiyot kafedrasiga tashrif buyurdi.
Toshkent shahrida ilk bora Ekopiknik bo‘lib o‘tdi Toshkent shahrida ilk bora Ekopiknik bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 9 noyabr kuni Toshkent botanika bog‘ida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yunusobod tumani partiya tashkiloti, Markaziy Osiyo yoshlari suv tarmog‘i Qozoq-Nemis universiteti va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlikda “Atrof-muhit barqarorligi yoshlar qo‘lida” mavzusida Ekopiknik, hamda Ekoharakat Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tomonidan “Yosh avlodning voyaga yetishida ekologik tarbiyaning o‘rni” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.