Yangiliklar

Ilm ziyodasi - fan olimpiadasi Ilm ziyodasi - fan olimpiadasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 2019 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 314-sonli buyrug‘iga asosan 2019 yil 17-18 may kunlari institutimizda “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” fanidan Respublika fan Olimpiadasining II-bosqichi o‘tkaziladi.
«Davlat kadastrlari» fanidan fan olimpiadasi «Davlat kadastrlari» fanidan fan olimpiadasi
4 ta fan bo‘yicha talabalar fan olimpiadasi respublika II bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Jumladan, “Davlat kadastrlari” mutaxassislik fanidan talabalar fan olimpiadasi respublika II bosqichi 15-16 may kunlari o‘tkazildi. 15-may kuni fan olimpiadasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Talabalar bilan samimiy muloqot Talabalar bilan samimiy muloqot
Institutimiz rektori O'ktam Pardayevich 17-may kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 2 kurs talabalari Geodeziya fanidan yozgi o'quv amaliyot o'tayotgan institutimizning ilmiy o'quv markaziga tashrif buyurdi.
Trening natijalari Trening natijalari
“Baxs-munozara”, “Muzyorarlar” va “Ish vaziyatlarni o‘rganib chiqish”  usullari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Kafedraning professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob va kerakli ma’lumotlarni oldilar.
FAN OLIMPIADASI G‘OLIBLARINI QUTLASh! FAN OLIMPIADASI G‘OLIBLARINI QUTLASh!
2019 yilning 15-16 may kunlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida o‘tkazilgan “Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti” fanidan bo‘lib o‘tgan Respublika talabalar fan olimpiadasining II- bosqichida
Kartografiya markaziga tashrif Kartografiya markaziga tashrif
2019 yilning 1-2 may kunlarida TIQXMMI xarbiy kafedrasi 10, 11 va 12 - guruh talabalari Mudofaa vazirligining Kartografiya markaziga amaliyotda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi.
NATIJADOR TRENING NATIJADOR TRENING
Joriy yilning 7 - 11 - may kunlari Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining «Texnik salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi bo‘yicha Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Chust ko‘chasi 1 - uyda joylashgan «Platforma» o‘quv markazida tashkil etilgan treningda "Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi assistenti K.U.Musayev va doktoranti D.Raxmonov  ishtirok etdi.
Trening taassurotlari Trening taassurotlari
M. Ulug‘bek tumani, Chust ko‘chasi 1 - uyda joylashgan «Platforma» o‘quv markazida tashkil etilgan treningda “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi assistenti J. Qosimov ham qatnashdi va trening mashg'ulotida olgan malaka va ko'nikmalari bilan “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi a’zolari bilan o'rtoqlashdi.
Ta'sirchan trening Ta'sirchan trening
Joriy yilning 7 - 11 - may kunlari Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT
Talabalar pansionatda Talabalar pansionatda
9 may - “Xotira va qadrlash kuni” yurtimiz bo‘ylab, hali hanuz davom etmoqda. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q.Shavazov, "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbayev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, yoshlar ittifoqining fakultet yetakchisi Sh.Qodirov hamda fakultetda ta’lim olayotgan iqtidorli tashabbuskor talabalar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashayotgan qariyalar holidan xabar olish va ularni ushbu bayram bilan qutlash uchun ajoyib konsert dasturi uyushtirishdi. 
TIQXMMI BUXORO FILIALI TALABALARI UChUN MA’RUZA O‘QILDI TIQXMMI BUXORO FILIALI TALABALARI UChUN MA’RUZA O‘QILDI
TIQXMMI «Nazariy va qurilish mexanikasi» kafedrasi mudiri, professor M.Mirsaidov Buxoro viloyatiga qilgan safari davomida iqtidorli maktab o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashish bilan birga TIQXMMI Buxoro filialining Gidromelioratsiya, Gidrotexnika qurilishi va Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakultetlarining 3-kurs talaba va yosh o‘qituvchilariga «Materiallar qarshiligi» fanining maxsus bo‘limlari, «Inshootlar zilzilabardoshligi» fanlaridan hamda Institutning «Nazariy va qurilish mexanikasi» kafedrasida bajarilayotgan ilmiy ishlar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidi.
Fan olimpiadalarining II-bosqichiga start berildi Fan olimpiadalarining II-bosqichiga start berildi
Respublika II-bosqich talabalar Respublika fan olimpiadasida 50 ta mutaxassislik va 42 ta umumkasbiy fanlardan, jami 92 ta fan bo‘yicha fan olimpiadalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ayolning jamiyatdagi o'rni Ayolning jamiyatdagi o'rni
"Ayolning jamiyatda , maxallada va oilada tutgan  o‘rni " mavzusida 2 TTJda yashovchi qizlar o‘rtasida tadbir o‘tkazildi
Samarali va natijador hamkorlik Samarali va natijador hamkorlik
13-18 may kunlari mobaynida AQShning Alkorn universiteti prezidenti Donzel Li, shu universitetning qishloq xo‘jaligi va amaliy fanlar fakulteti dekani Edmund Bakner, Xalqaro dasturlar direktori Dovi Alipo, Missisipi shtati universiteti Xalqaro ishlar bo‘yicha vitse-prezidenti  Djuli Djordandan iborat delegatsiya respublikamizning bir necha oliy o‘quv yurtlariga tashrifni boshlashdi.
Sport - sog‘liq kafolati Sport - sog‘liq kafolati
“Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 2-kurs talabalari Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani “Sof oltin” massivida mutaxassislik fanidan o‘quv amaliyotini o‘tashmoqda.
Sirtqi ta’lim talabalarining muzey va sayilgohlarga tashrifi Sirtqi ta’lim talabalarining muzey va sayilgohlarga tashrifi
Sirtqi ta’lim 5450400 – “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ta’lim yo‘nalishi 1 - bosqich 108 - guruhi talabalari 2019 yil 7 may kuni O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.
Eʼtirof va ragʻbat Eʼtirof va ragʻbat
Institutda talabalarning ilmiy – innovatsion g‘oyalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida, o‘zlarining innovatsion g‘oyalarini ko‘rsatib bera olgan quyidagi bir guruh talaba, magistrantlar institut rektorining e’tirof va rag‘batiga sazovor bo‘ldilar.
«Platforma» o‘quv markazidagi treningda «Platforma» o‘quv markazidagi treningda
7 - 11 - may kunlari Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining «Texnik salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi bo‘yicha Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Chust ko‘chasi 1 - uyda joylashgan «Platforma» o‘quv markazida tashkil etilgan treningda ishtirok etish
Bog‘ uzra ma’rifat Bog‘ uzra ma’rifat
“Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidrologiya (Suv omborlarida)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 17-guruh talabalari va guruh murabbiyi “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti S. Mansurov boshchiligida Botanika bog‘iga sayohat uyushtirildi.
Xotirlash qadriyat nishoni Xotirlash qadriyat nishoni
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti harbiy kafedrasi vakillari joylarda «Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat» mavzusida o‘tkazilayotgan tadbirlarning davomi sifatida 2005 yil 13 may kuni Andijon shahrida yuzaga kelgan tartibsizliklarni bartaraf qilish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoiylik ko‘rsatgani uchun  II darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan marhum kapitan Jo‘raev Baxrom Ulug‘bekovichning ota-onasi istiqomat qiladigan xonadonga tashrif buyurishdi.