Yangiliklar

Yangi kitob chop etildi Yangi kitob chop etildi
«Gidravlika va gidroinformatika» kafedrasi mudiri prof. A.Arifjanov va Slovakiya Qishloq Xo‘jaligi Universiteti professori Tatiana Kaletovalar hammuallifligida “HYDROMECHANIKA” o‘quv qo‘llanmasi slovak tilida nashrdan chiqdi.
Spartakiada natijalari Spartakiada natijalari
“Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining TIQXMMI “O‘quv-ilmiy markazida” o‘tkazilgan “Melioratsiya va qurilish mashinalarini boshqarish” amaliyoti davrida yoshlarimizning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, shashka, voleybol, 100 metrga yurugish, armwrestling kabi sport musobaqalari o‘tkazildi.
TIQXMMIda vatandosh xorijiy olim va mutaxassis ishtirokida “Atrof muhit va suv resurslarini boshqarish hamda monitoring qilishda matematik modellashtirish”ga bagʻishlangan ilmiy seminar tashkil etildi TIQXMMIda vatandosh xorijiy olim va mutaxassis ishtirokida “Atrof muhit va suv resurslarini boshqarish hamda monitoring qilishda matematik modellashtirish”ga bagʻishlangan ilmiy seminar tashkil etildi
Vatandoshlar bilan hamkorlik qilishning uzoq muddatli va mustahkam tizimini yaratish hamda 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha......
Ilm - fan integratsiyasi, ishlab chiqarish bilan uzviylikni ta’minlash, olimlarimizning ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamlari Ilm - fan integratsiyasi, ishlab chiqarish bilan uzviylikni ta’minlash, olimlarimizning ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamlari
18-22 iyul kunlari institutimizning “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi yetakchi olimlari, ustozlar A.Komilov, I.Marupov, I.Nuritov, Sh.Imomov, Sh.Abduroxmonov va R.Xudayqulovlar Buxoro viloyati Peshko‘ tumani “Varaxsha” cho‘l zonasida xizmat safarida bo‘ldilar. 
Navbatdagi dissertatsiya ishi muhokamasi Navbatdagi dissertatsiya ishi muhokamasi
26-iyul kuni "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi katta o'qituvchisi Abduraxmonov Sarvar Narzullayevichninig 11.00.06- Geodeziya. Kartografiya ixtisosligi bo'yicha texnika fanlari falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun "Geoaxborot texnologiyalari va kartografik metodlar asosida mintaqaviy demografik jarayonlarni tadqiq qilish (O'zbekiston Respublikasi janubiy mintaqasi misolida) mavzusidagi dissertatsiya ishi kafedra muhokamasi bo'lib o'tdi.
Uyg‘oq vijdon (voqeiy hikoya) Uyg‘oq vijdon (voqeiy hikoya)
Yoshlarimizga aytmoqchi bo‘lganim, kimnidir hurmat qilish yoki qilmaslik — sizning ishingiz. Siz o‘zingizni hurmat qiling. Negaki, sizning xatti harakatingiz, atrofdagilarga munosabatingiz tarbiyangiz qay darajada ekanini bildiradi. Odamlar bolalarini ko‘rib ota-onasini hurmat qiladilar. Buni hech qachon unutmang...
Sport va salomatlik Sport va salomatlik
“Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining TIQXMMI o‘quv-ilmiy markazida o‘tkazilayotgan “Melioratsiya va qurilish mashinalarini boshqarish”  amaliyoti davrida yoshlarimizning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish hamda sport bilan muntazam chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, «Sog‘ tanda, sog‘lom aql» shiori ostida talabalarimiz o‘rtasida turli xil sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Davlat rahbari e’tirofidagi ustozlar Davlat rahbari e’tirofidagi ustozlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning shaxsan topshiriqlariga binoan, ularni sog‘liklarini tiklash va rag‘batlantirish maqsadida, Jizzax viloyati Zomin tumanida yangidan bunyod etilgan “NKMK sanatoriysi”da dam olishlari uchun bepul yo‘llanmalar berildi. Prezidentimiz e’tirofidagi insonlar qatorida bizning institutimizdan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professori Muhayyo Shoumarova, “Avtosaroy” boshlig‘i Qurbon Ziyotov, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalashtirish” fakulteti dotsenti Nail Usmanovlar ham borligi juda quvonarlidir. Ularni Davlat rahbarining ushbu ulug‘ e’tirofi bilan qutlaymiz.
“Klasterda amaliyot” - amaliyotning istiqbolli usuli “Klasterda amaliyot” - amaliyotning istiqbolli usuli
“Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 3 - bosqich talabalari “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti D.Yulchiyev rahbarligida o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda yanada mustahkamlash maqsadida, TIQXMMI va Sirdaryo viloyati “Bek cluster” MChJ qo‘shma korxonasi o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga hamda institut rektorining 2019 yil 12 iyuldagi 836/t - sonli buyrug‘iga asosan “Bek cluster” MChJ qo‘shma korxonasi tasarrufidagi “Mirzaobod universal trade cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Irrigatsiya va melioratsiya bo‘limiga ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashni boshlashdi.
GIM fakulteti talabalariga qo‘shimcha noodatiy amaliyot tashkil etildi GIM fakulteti talabalariga qo‘shimcha noodatiy amaliyot tashkil etildi
“Gidromelioraiv ishlarini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti GIM kafedrasidan ushbu amaliyotda qatnashayotgan magistr S.Melikuziev boshchiligida fakultetning 202 va 203-guruh talabalari bilan paxta dalasining bir mavsumdagi taxminiiy hosildorligini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha dala amaliyoti tashkil etildi.
Hamkorlik seminar dasturlari Hamkorlik seminar dasturlari
2019 yil 18 iyul kuni Samarqand viloyatida “Suv tejamkor texnologiyalar va dalalarda qo‘llashning afzalliklari” va 2019 yil 20 iyul kuni Xorazm viloyatida “Agrotexnik tadbirlarning yuqori hosil olishda tutgan o‘rni” mavzularida “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori B.Matyakubov o‘quv seminar dasturini o‘tkazdi.
Oliy taʼlim “korrupsiyasiz soha” Oliy taʼlim “korrupsiyasiz soha”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ta’lim sohasini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish g‘oyat dolzarb vazifa etib belgilandi. Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta’lim sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish belgilab qo‘yilganida chuqur ma’no bor. Chunki, mamlakatda kechayotgan har qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta’limga bog‘liq.
Zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash - suv resurslaridan samarali foydalanish garovi Zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash - suv resurslaridan samarali foydalanish garovi
“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetining “SXvaMIM” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga institut o‘quv tajriba xo‘jaligida “Melioratsiya va qurilishi mashinalarini boshqarish” o‘quv amaliyotini o‘tash jarayonida institut professor-o‘qituvchilari dos. Muratov A.R., dos. Matyakubov B.Sh. va ass. A.U.Atadjanov qatnashdilar va yer tekislash ishlarini bajarishda lazerli yer tekislagichning ahamiyati, ishlash prinsipi hamda tekislash ishlarni bajarish texnologik jarayonlari bo‘yicha mahorat darsi, trening - seminarini o‘tkazishdi.
“Melioratsiya va qurilish mashinalarini boshqarish”  o‘quv amaliyoti “Melioratsiya va qurilish mashinalarini boshqarish” o‘quv amaliyoti
“Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining TIQXMMI o‘quv-ilmiy markazida o‘tkazilayotgan “Melioratsiya va qurilish mashinalarini boshqarish” amaliyotida o‘n bitta o‘quv amaliyoti postlari tashkil etilgan. Har bir postda professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berib kelinmoqda. Talabalar “Melioratsiya va qurilish mashinalarini boshqarish” o‘kuv amaliyotini o‘tash davomida qurilish va melioratsiya mashinalarini boshqarish, ishga tushurish, yo‘l harakat qoidalari va harakat xavfsizligi asoslaridan ko‘nikmalar hosil qilmoqdalar.
O‘quv amaliyotida ijodiy uchrashuv O‘quv amaliyotida ijodiy uchrashuv
“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ansamblining iqtidorli yosh xonandasi Nurali Shukrullaev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Institut ilmiy o‘quv markazidagi tadqiqotlar Institut ilmiy o‘quv markazidagi tadqiqotlar
“Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” fakultetining ikkinchi bosqich talabalar iinstitut ilmiy o‘quv markazi maydonlarida yozgi amaliyot GIM kafedrasidan S. Melikuziev va fakultetning amaliyot o‘tash uchun kelgan 202-guruh talabalari J.Abdujalilov, O.Odilov, S.Axmadjonov, S.G‘ulomov, Z.Jo‘raev, A.Eshdavlatov S.To‘lqinovlar hamda 203-guruhdan A.Chonoxunov va Sh.O‘rinboevlar bilan dala sharoitida oddiygina bo‘sh 0.5...1.5 liter xajimgacha bo‘lgan suv idishlaridan cho‘l sharoitida havo tarkibidagi namlikni tomchi holatiga aylantirish bo‘yicha tajriba sinovlarini o‘tkazishdi.
Institut talabasi Xalqaro turnir g‘olibi bo’ldi Institut talabasi Xalqaro turnir g‘olibi bo’ldi
2-3 iyul kunlari Toshkent viloyati Angren shahrida professional “K-1” yakkakurash sport turi bo’yicha Toshkent xalqaro ochiq turniri bo’lib o’tdi.
“Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi sovrindorlari “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi sovrindorlari
“Eng yaxshi maqola” nominatsiyasiga Koreya respublikasidan Baekseok Universiteti professor Kim Chan Mok va Kyungxe Universiteti doktoranti Park Syung Lilar ham sazovor bo‘lishdi. O‘zbekiston tomonidan esa Toshkent Davlat sharkshunoslik instituti xodimi Yoziev Golibjon Lutfullaevich va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti EkoGIS markazi dotsenti Juliev Muxiddin Komilovichlar xuddi shu nominatsiyasining sohibi sanalishdi.
Amaldagi xizmat safari natijalari Amaldagi xizmat safari natijalari
Institutimiz rektorining 2019 - yil 10 - iyuldagi 76x/c buyrug'ini bajarish maqsadida professor M. Xamidov boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Innovatsiyon rivojlanish vazirligi bilan tuzilgan KX-A-KX-2018-297-sonli Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida Qoraqalpog'iston respublikasi va Xorazm viloyatlariga xizmat safarlari tashkil etildi.