Yangiliklar
Talaba-qizlar bilan uchrashuv
4-sonli talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash boyicha prorektor R. Choriyev, yoshlar bilan ishlash boyicha dekan orinbosari X. Toychiyev, tarbiyachi-pedagog A. Haitova, TTJ direktori I. Buxorov ishtirok etdi.
29.09.2019 1800
Psixologik trening
27 сентябрь куни 2 - Talabalar turar joyi 3 qavat foyesida talabalarning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish maqsadida Tarbiyachi pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom talabalar bilan "Tanishuv", "Rag'bat", "Men 10 yildan so'ng", "Chokayotgan kema", "Ishchanlik qobiliyatini oshirish" Psixologik trening o'tkazdilar.
28.09.2019 1923
Ekskursiya - ma’rifat sari yo‘l
“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasi va M.Ulug‘bek tumanida joylashgan BMKV “Agromash” AJ, “Elektrqishloqqurilish” AJ va “Qishloqenergoloyixa” AJ kabi ishlab chiqarish korxonalari bilan xamkorlikda 5430500 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun ko‘chma mashg‘ulot va ekskursiyalar tashkil qilindi.
28.09.2019 1721
XITOYLIK PROFESSOR BILAN MULOQOT
“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va GidroLeaders guruhi a’zolari bilan Xitoy fanlar akademiyasi qoshidagi Xinjiang ekologiya va geografiya instituti professori Lan Zhiqiang va ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
28.09.2019 1720
YOSHLAR FORUMI VA YOSHLAR SAMMITIDAGI ISHTIROKI
Institutning EkoGAM markazi tayanch doktoranti Reymov Mamanbek joriy yilning 15-19 sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Yanji shahridagi Shanbayshan biosfera qo‘riqxonasida YUNESKO tomonidan tashkillashtirilgan “Inson va biosfera” nomli yoshlar forumida shuningdek 21-23 sentyabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan millatlar bosh assambleyasi tomonidan tashkil etilgan “Iqlim o‘zgarishi” yoshlar sammitida ishtirok etib keldi.
27.09.2019 1748
Sportchimizga ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Rustamov Sirojbek Sanjar o’g’li Qozog’iston Respublikasida o’tkazilgan KUZ OPEN 2019 turnirida JIU-JITSU sport turi bo’yicha faxrli 3-o’rinni egalladi.
26.09.2019 988
Koʻchma mashgʻulot va ekskursiya
2019-yilning 23-sentyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Bogʻi-shamol koʻchasida joylashgan “Turonelektromontaj” AJ ishlab chiqarish korxonasi bazasida......
26.09.2019 1657
Agregat zavodiga tashrif
2019-yil 25-sentyabr kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulʼteti “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yoʻnalishi talabalari “Agregat zavodi” AJ ga bordilar.
26.09.2019 1730
TIQXMMIda “Loyihalash guruxlari”ni tashkil etish toʻgʻrisida rektor farmoyishi qabul qilindi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalar muxandislari instituti rektorining 2019 yil 25 sentyabrdagi 99/F -sonli farmoyishi bilan institutda 4 ta yo‘nalishda loyihalash guruxlari tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
26.09.2019 1990
SUSADICA doktorlik dasturi tadqiqotchilari ma’lumotlar to’plash vositalarni Markaziy Osiyoda sinovdan o’tkazishdi
Joriy yilning yoz mobaynida, SUSADICA doktorlik dasturi tadqiqotchilari fermerlarning ishlab chiqarish va resurslarni boshqarish qarorlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar haqida tasavvurga ega bo’lish maqsadida Markaziy Osiyoning turli na’munaviy tadqiqot obyektlariga borishdi.
25.09.2019 2053
SAMARQAND BO‘YLAB SAYOHAT
“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 312-guruh talabalari guruh murabbiyi Sh. R. Ismonov boshchiligida 22-sentyabr yakshanba kuni Mamalakatimizning ko‘hna va ulug‘ shaharlaridan biri bo‘lmish Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi.
25.09.2019 2236
“Yuksak e’tiqod-ma’naviy yuksalish demakdir!”
TIQXMMI ma’ruzalar zalida 2019 yil 23 sentyabr kuni soat 14:00da Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “O‘zbekiston-millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
24.09.2019 1728
Navbatdagi ko'chma mashg'ulot darsi
“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 3 kurs 308 - guruh talabalariga "Fotogrammetriya va yerni masofadan zondlash" fanidan ko'chma amaliyot darsi tashkil etildi. Ko'chma amaliyot darsi "Grand kalital qurilish" korxonasida o'tkazildi.
24.09.2019 1911
“Zamonaviy geodezik asboblar” fanidan koʻchma mashgʻulot
20.09.2019-yil kuni. Geodeziya va geoinformatika kafedrasida “Zamonaviy geodezik asboblar” fanidan koʻchma mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Mashgʻulot Oʻzbek davlat yer tuzish va ilmiy loyihalash institutida yetuk malakali mutaxassislar ishtirokida olib borildi.
24.09.2019 2387
“E-UNIVERSITET” - OTM FАOLIYATINI BOSHQАRISHNI АVTOMАTLАShTIRISHDА YANGI QАDАM
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari А.А.Аbduhakimov raisligida 2019 yil 21 sentyabrь kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida mazkur universitetda joriy etilgan taʼlim, ilmiy va maʼmuriy faoliyat jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishga qaratilgan «E-univesitet» axborot tizimi va «E-minbar» dasturiy platformasi taqdimoti boʼlib oʼtdi.
23.09.2019 2081
QS Worldwide konferensiyasi bo’lib o’tdi
19-20 sentabr kunlari Qozogistonning Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida "Global mashhurlikka sayohat: insoniy meros uyg'unligi va ilg'or texnologiyalar" deb nomlangan QS worldwide-2019 konferensiyasi bo'lib o'tdi.
23.09.2019 1578
Zamonaviy kompyuter dasturlarni o'rganish bo'yicha mahorat darsi
Qishloq xo'jaligi va zamonaviy mobil qurilmalar uchun yaratilayotgan elektron raqamli kartalarni yaratishda zamonaviy kompyuter dasturlaridan foydalanish va ularni hozirgi kunda sohada qo'llanilayotyan zamonaviy kompyuter dasturlar to'g'risida.....
23.09.2019 2430
Tabriklaymiz
Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori Maftuna Rustamovani tabriklaymiz
21.09.2019 1991
Sog’lomlik kaliti
2 - Talabalar turar joyi 3,4 qavat foyesida GIM, QSXET talaba qizlari bilan haftada ikki marotaba fitnes sporti bilan shugulanishmoqda. Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishni, o‘z yoshligini, qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy vazifasi esa jismoniy harakatlardir.
21.09.2019 1739
Muzey bo‘ylab moziyga sayohat
"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 4 kurs 403 - guruh talabalari bilan guruh rahbari boshchiligida poytaxtimizda joylashgan "Baroqxon" maqbarasiga tashrif buyurishdi.
21.09.2019 1822