Yangiliklar

Buyuk o`zbek ayoli xotirasi Buyuk o`zbek ayoli xotirasi
2018-yil 2-mart kuni “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti 2-bosqich 5-guruh talabalari guruh murabbiyi F.To`rayev boshchiligida O`zbekiston  milliy bog`ida joylashgan adiblar xiyoboniga tashrif buyirishdi.
Zulfiyaxonim izdoshlari Zulfiyaxonim izdoshlari
3-TTJ da tarbiyachi pedagog Aziza Xayitova boshchiligida 2018-yil 2-mart kuni  "Zulfiyaxonimni yod etib" deb nomlangan she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.
She’riyat kechasida She’riyat kechasida
2018 yil 28 fevral kuni 4-sonli talabalar turar joyida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazishdi.
Yakuniy bosqich Yakuniy bosqich
26 fevraldan uchinchi martga qadar 1-bosqich talabalari o‘rtasida sportning mini futbol turidan musobaqalariga start berildi.
So‘roqlab turar bahor So‘roqlab turar bahor
2018 yil 1 mart kuni 4-sonli talabalar turar joyida “Bahor keldi seni so‘roqlab” shiori ostida “Gidromelioratsiya” fakulteti 1-bosqich talabasi Yoshlar ittifoqi yetakchisi Komila Jumanazarova tashabbusi bilan she’riyat kechasi o‘tkazildi.
Talabalarga talablar Talabalarga talablar
28-fevral kuni “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari bilan fakultet dekani O.Kucharov, dekan muovinlari J.Turdiyev va U.Alimov, fakultet yoshlar yetakchisi M.Rahmatova va guruh rahbarlari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv o`tkazishdi.
Zulfiyaga bag‘ishlandi Zulfiyaga bag‘ishlandi
2018 yil 27 fevral kuni 4-sonli talabalar turar joyida  “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi”  kafedrasi o‘qituvchisi  Zaxro Mirxodjaeva, tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar Zulfiya Isroilova tavallud  kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazdi.
Yodgorlik majmui Yodgorlik majmui
2018 yil 28-fevral kuni TIQXMMI “Gidromelioratsiya” fakulteti Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisaci D. Madazizova SXM (KPT) 216 guruh qizlari bilan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuiga tashrif uyushtirdi.
Yangi asr ko‘nikmalari Yangi asr ko‘nikmalari
“Learn and Create” nodavlat ta’lim muassasi rahbari Islomov Alisher o‘z xodimlari bilan birgalikda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich 1-6 guruh talabalariga «XXI asr ko‘nikmalari» mavzusida interfaol usullar bilan seminar-trening o‘tkazdi.
Moziy sari muzeydan Moziy sari muzeydan
2018 yil 27-fevral kuni TIQXMMI “Gidromelioratsiya” fakulteti “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Madazizova o‘zining  112b murabbiylik guruhi bilan “TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI”ga sayohat uyushtirishdi.
Sug‘orishning samarador usullari Sug‘orishning samarador usullari
27 fevral 2018 yil institutimizning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Matyaqubov Baxtiyar Shamuratovich 2 juftlikda 2 kurs 8-9-9A guruh talabalariga “Sug‘orish usullari va texnikasi. Sug‘orish usullarini qo‘llash shartlari”  mavzusida Ochiq ma’ruza mashg‘ulotini taqdim etdi.
Uch avlod bongi Uch avlod bongi
“Ibratli, iqtidorli, ijodkor, iste’dodli insonlar” ruknida o‘tkazilgan tadbirda rajabiylar sulolasining uch avlodi borasida so‘z ketdi. Ana shu shajaraning vakillari ishtirok etishdi. O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy va o‘g‘illari Javlon Rajabiy, Aziz Rajabiy va nevaralari Yunus Rajabiylar bilan birgalikda tashrif buyurishdi. Otasi va o‘zlari ijrosidagi ashulalarni ijro etishdan oldin Hasan aka shular xususida so‘zladilar.
Hashar hammamizga yarashar Hashar hammamizga yarashar
2018-yil 25-fevral kuni institutimizning yoshlar ittifoqi tizimidagi faol talabalari "Hashar elga yarashar" shiori ostida "Yalang'och ota-2" qabristonida o'tkazilgan hasharda faol qatnashdilar.
Navbatdagi ochiq ma'ruza Navbatdagi ochiq ma'ruza
Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi katta o'qituvchisi Ibragimova Xafiza Rinatovna 26.02.2018 yil kuni 2-juftlik G-315 auditoriyasida Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish fanidan "O'zbekiston respublikasida suv va yerdan foydalanish bo'yicha me'yoriy hujjarlar va qonunlar" mavzusida navbatdagi ochiq ma'ruza darsini o'tib berdilar.
Yer osti suvlarining tarkibi va xossalari Yer osti suvlarining tarkibi va xossalari
26 fevral 2 juftlik institutimizning G o‘quv binosi 3 zalida Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi dotsenti Nurjanov Soatbay Yeshjanovich 2 kurs 4-5-6- guruh talabalariga «Yer osti suvlarining tarkibi va xossalari mavzusida» Ochiq ma’ruza o‘qidi.
Noyob me’moriy mo‘jiza Zangi ota majmuasida xayot faoliyati xavfsizligi yo‘nalishi 409 guruh talabalari ziyoratda Noyob me’moriy mo‘jiza Zangi ota majmuasida xayot faoliyati xavfsizligi yo‘nalishi 409 guruh talabalari ziyoratda
23 fevral kuni guruhimiz talabalari va guruh murabbiyimiz dos. Parmanov A.E. bilan Zangi ota ziyoratgoxiga bordik
Yurt kelajagi – ishonchli qo’llarda Yurt kelajagi – ishonchli qo’llarda
24 - fevral kuni 4 - sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya" fakulteti, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan “Yurt kelajagi – ishonchli qo’llarda” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
“Butun jahon tillar kuni” “Butun jahon tillar kuni”
2-talabalar turar joyida 23-fevral kuni  2-TTJ tarbiyachi-pedagok, psixolog  Sagdullayeva Dilorom Muxiddinova, “GIM” fakulteti 2- kurs talabasi Abdusodiqov Islomjon Ilhomjonovich va “GTQ” fakulteti 4-kurs talabasi Jo’rayev Ozodbek Bozorovich bilan “Butun jahon tillar kuni ” munosabati bilan 2 - TTJ talabalari bilan davra suhbati o’tkazildi.
Do‘st bilan obod uying! Do‘st bilan obod uying!
23 fevral kuni  “Salom irrigatsiya – keldi mexanizatsiya” nomli konsert dasturi uyushtirishdi.