Yangiliklar
Fan olimpiadasining ilk bosqichi
26-27 mart kunlari “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasida “Qishloq xoʻjaligi gidrotexnika melioratsiyasi” fanidan Respublika fan olimpiadasining 1-bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, Nizomda belgilangan tartib asosida muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
02.04.2019 2189
Imkoniyat va imtiyoz
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va “Amkodor-Toshkent” MCHJ shaklidagi Oʻzbekiston - Belorusiya korxonasi bilan uzoq muddatli 01.02.2018 shartnomasi asosida, korxona hozirgi kunda “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” kafedrasida taʼlim olayotgan talabalarga oʻz bilimlarini amaliyot bilan birgalikda koʻnikmalar hosil qilishida katta imkon berdi.
02.04.2019 2505
Ilm intilganga yor
“Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XVIII – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumani o‘z ishini boshladi. Anjumanninig Suv xo’jaligi masalalarida matematik modellashtirish usullari va axborot texnologiyalarini qo’llash nomi ostida faoliyat boshlagan 9 - shoʻba ham dasturda belgilangan B-214 auditoriyada Rais: prof.Xudayarov B., Hamrais: dots. Mirzayev S., Kotiba: dots.Karimova X. larning rahbarligada ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
02.04.2019 2387
Navro‘z - ezgu niyatlar nashidasi
Tabiatning chinakam jonlanishi yurtimizda Navro‘zi ayyom shukuhi kezayotgan ayni damda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu tabiatning evrilishiga bog‘liq bo‘lgan iqlim bilangina emas, balki jamiyatning ruhiyati va inson kayfiyatidagi tetiklik bilan ham uzviy aloqadordir.
02.04.2019 3261
Ilmga tashnalar tanlovi
“Gidravlika” fanidan, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor - o‘qituvchilari tomonidan Respublika Fan Olimpiadasi 1-turi bo‘lib o‘tdi.
01.04.2019 2319
Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining tashrifi
018-2019 oʻquv yili boʻyicha Qibray tumani Energetika kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini oliy taʼlimda oʻquv faoliyatini davom ettirishga jalb etish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida, 2019-yil 26-mart kuni kollej bitiruvchilarining Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrifi tashkil etildi.
30.03.2019 2102
Ilm quvvati va hikmati
GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan 28 mart kuni Dinshunoslik fanidan olimpiadaning 1-chi bosqichi boʻlib oʻtdi. “Gumanitar fanlar” kafedrasi oʻqituvchilari boshchiligida Nodira Alimuhamedova, Nodira Rahmonberdiyeva va Otabek Normatov olimpiadani mazmunli oʻtkazishdi.
29.03.2019 2324
Institutimizdagi anjuman haqida
“Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XVIII yosh olimlar, magistrantlar va talabalarning ilmiy-amaliy anjumani 11-shoʻba ishi “Suv xoʻjaligida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy, pedagogik maʼnaviy omillari” masalalariga bagʻishlangan boʻlib, rais, prof.v.b. D.O.Ximmataliyev, hamrais, dotsent, M.K.Xoshimova, kotiba, assistent D.A.Mustafoyeva ishtirokida 2019 yil 28 mart kuni soat 14.00 dan 17.00 gacha boʻlib oʻtdi. Shoʻba ishida 20 nafar yosh olim, magistrantlar va iqtidorli talabalar ilmiy maqolasi yuzasidan maʼruza-taqdimotini oʻtkazishdi.
29.03.2019 2659
Ilmiy-amaliy anjuman
Institutimizda boʻlib oʻtayotgan “Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XVIII-yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirokidagi ilmiy-amaliy anjumanining 6-shoʻba (Qishloq va suv xoʻjaligining energetika va avtomatlashtirish sohalarida zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni qoʻllash) si ham yuqori saviyada oʻtkazilmoqda.
29.03.2019 2282
Respublika Olimpiadasini oʻtkazishga doir
“Pedagogika, psixologiya va oʻqitish metodikasi” kafedrasi 2019 yil 28 mart kuni boʻlib oʻtgan “Kasbiy pedagogika” fani boʻyicha 1-bosqich olimpiada natijalarini maʼlum qildi.
29.03.2019 2350
Galdagi ochiq darsda
“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi mudiri, dotsent A. Berdishevning “Energiya tejamkorlik asoslari” fanidan “Quvvat koeffitsenti va uni oshirish usullari” mavzusidagi ochiq darsi boʻlib oʻtdi.
29.03.2019 2565
Navbatdagi XVIII – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumani oʻz ishini boshladi
“QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI” mavzusidagi anʼanaviy XVIII – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumanining ochilishiga 2019 yil 28 mart kuni start berildi. Anjumanni ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakillari, institut professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
29.03.2019 2802
Sohadagi zamonaviy muammolar
Qishloq va suv xo'jaligining zamonaviy muammolarini yechish maqsadida ilmiy-uslubiy va huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda kadrlarni tayorlash borasida yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlarini qo'llab -quvvatlash maqsadida institutimizda 28-29 - mart kunlari ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o'tmoqda.
29.03.2019 2319
Til bilgan el bilar
TIQXMMI 2-maʼruzalar zalida “Tillar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari E.Yusupov, U.Tasheva, I.Allenova hamda “SXTE va B” fakulteti dekani oʻrinbosari J.Turdiyevlar hamkorligida institutning “SXTE va B” va “QXM” fakultetlari talabalari uchun taklif etilgan Moskva Davlat pedagogika instituti professori Yanchenko Vladislav Dmitriyevich ishtirokida “Rus tilini oʻrganishning zamonaviy usullari” mavzusida maʼruza va mahorat darsi oʻtkazildi.
29.03.2019 2569
TEATR BU IBRATXONADIR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizdagi barcha teatrlarda 21-27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” o‘tkazildi.
29.03.2019 3355
Tahliliy taqdimotlar
Suv resurslarini boshqarish, ekologiya va atrof -muhitni muhofazasi muammolari shoʻbasida birinchi kuni 24 maqola taqdimot qilindi. Prezentatsiyalar atmosferani muhofaza kilish, Orol dengizi, ekologiya, ichimlik suv va suv resurslarini boshqarish muammolarini oʻz ichiga qamradi.
29.03.2019 2215
Ochiq amaliy mashgʻulot
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Hayitova Mahbuba Safarovnaning 3 bosqich 313-guruh talabalariga “Tuproqdagi tuzlarning tarkibi va ularning oʻsimliklarga zararlilik darajasi” mavzusida Ochiq amaliy mashgʻulot darsini oʻtdi.
28.03.2019 2857
"Elektr yoritish va nurlatish” fanidan olimpiada
26 mart kuni soat 15.00 da V-606 xonada “Elektr yoritish va nurlatish” fanidan Respublika Fan Olimpiadasi 1- turi boʻlib oʻtdi.
28.03.2019 2856
Mazmundor va mohiyatli ochiq dars
Institutimizning “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti Mansurov Safar Raxmankulovichning “Suv oqimi koʻndalang kesimi parametrlarini aniqlash. Chuqurlik oʻlchash maʼlumotlarini qayta ishlash” mavzusidagi ochiq darsi 2019-yil 18-mart soat 1000 da B-403 auditoriyasida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti, “5450400 -Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” yoʻnalishi 2-kurs 201-guruh talabalariga oʻtkazildi. Ochiq darsda ISMITI, katta ilmiy xodimi Ibragimov I. Yu., “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
27.03.2019 2392
Mahorat darsida
O'zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi tomonidan 27 mart kuni "Yuqori darajadagi amaliyot" seminari tashkillashtirildi.
27.03.2019 2448