Yangiliklar

TIQXMMI tayanch doktoranti Erasmus+ DSinGIS loyihasi doirasida Vengriyaning Obuda universitetida malaka oshirdi TIQXMMI tayanch doktoranti Erasmus+ DSinGIS loyihasi doirasida Vengriyaning Obuda universitetida malaka oshirdi
1 bosqich doktoranti Zohid Mamatkulov ham Vengriya davlatining Obuda universiteti Alba Regia Texnika fakultetida Prof.Verona Malgorzata rahbarligi ostida “Aniq qishloq xo‘jaligini yuritishda geoaxborot tizimi va masofadan zondlash texnologiyalani qo‘llash” mavzusi ustida 2 oylik nazariy va amaliy bilimlarini oshirdi.
Navbatdagi ochiq dars Navbatdagi ochiq dars
2019 yil 2 aprel kuni soat 08-30 da 612-xonada “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti T. Bayzakovning “Svetotexnika va elektrotexnologiya” fanidan “Yuqori va o‘ta yuqori bosimli lampalar” mavzusidagi ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.
Ilm-fan talabi – Vatan talabi Ilm-fan talabi – Vatan talabi
Hamkorlikdagi natijalar har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘libgina qolmay, balki soha rivojini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
San’atkor bilan uchrashuv San’atkor bilan uchrashuv
2-Talabalar turar joyida tarbiyachi- pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom tashabbuslari bilan Xushovoz xonanda Alijon Isoqov bilan ijodiy suhbat tashkillashtirildi.
Yangiliklar yaxshiliklar sari Yangiliklar yaxshiliklar sari
“Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining professor-o‘qituvchilari bilan “BIZNES FINANS MIKROKREDIT TASHKILOTI” direktor o‘rinbosari Murodjon Nurmatov va yetakchi mutaxassis ishtirokida “Barcha turdagi mikrokreditlarni onlayn olish tartibi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
ILMGA TASHNALAR TANLOVI ILMGA TASHNALAR TANLOVI
27-mart kuni G-413 xonada soat 15.00 da “Gidravlika” fanidan, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor - o‘qituvchilari tomonidan Respublika Fan Olimpiadasi 1-turi bo‘lib o‘tdi. Respublika Olimpiadasini o‘tkazish kafedraning dolzarb va ma’suliyatli masalalaridan ekanligi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalarini bajarishda bu masalaga keng e’tibor berilayotganini inobatga olib, Respublika Olimpiadasi yuqori saviyada “Nizom” talablari asosida o‘tkazildi. 
“Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi ish boshladi. “Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi ish boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’limni modernizatsiyalash” loyihasi tarkibidagi Akademik innovatsiyalar fondining yuqorida nomi keltirilgan loyihasi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetining Traktorlar va avtomobillar kafedrasida ish boshladi.
Olimpiadaning 1-bosqichi Olimpiadaning 1-bosqichi
«Amaliy axborot texnologiyalari» fanidan fan olimpiadasining I-bosqichi «Axborot texnologiyalari» kafedrasining Bk-01 xonasida bo‘lib o‘tdi. Fan olimpiadasi 4 ta bo‘limdan  iborat bo‘lib, 1-bo‘lim test topshirish, 2-bo‘lim masalalarni yechishga dastur tuzish, 3- bo‘lim og‘zaki savol-javob va 4- bo‘lim talabalarning ijodiy ishlarini baholashdan iborat bo‘ldi.
Dolzarb mavzudagi ochiq dars Dolzarb mavzudagi ochiq dars
QSXET fakulteti “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasining assistenti A.T.Sanbetovaning “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ” fanidan “Shamol elektr qurilmalarining turlari bilan tanishish. Shamol oqimidan energiya olish” mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi.
Samarqandga sayr-u sayohat Samarqandga sayr-u sayohat
“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 2 - bosqich 6 - guruh talabalari va guruh murabbiyi “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi E.Toshmatov rahbarligida jannatmakon yurtimizning Samarqand shahriga sayohat qilishdi.
Olimpiadaning ilk bosqichida Olimpiadaning ilk bosqichida
25 va 28 mart kunlari “Suv xoʻjaligi elektr taʼminoti”, “Elektrotexnika materiallari” va “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari” fanlaridan olimpiada oʻtkazildi.
USTOZ E'ZOZI USTOZ E'ZOZI
2 - aprelida ko'p yillar mobaynida Respublikamiz xalq xo‘jaligiga minglab shogirdlar tayyorlab bergan "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi katta o'qituvchisi ustoz Rajapboyev Maqsudning tavallud topgan kunlari munosabati bilan institutimiz rektori nomidan va fakultemiz dekani va talabalari chindildan tabriklashdi.
Ustoz shogird musobaqasi Ustoz shogird musobaqasi
Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev va assistant Javlon Ishchanovlar 3-TTJda 1-kurs talabalari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha qiziqarli musobaqa uyushtirdilar. Musobaqada talabalar komandalari bilan birgalikda ustozlar komandasi ham ishtirok etdi. Bu esa talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Koʻchat-kelajak daraxti Koʻchat-kelajak daraxti
2019 yil 31 mart kuni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor T.Sultanov boshchiligida Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi M.Sarimsaqov, ilmiy boʻlim xodimlari N.Shaymanov, O.Abdisamatov, Gʻ.Gʻoziyev, J.Doʻstov, doktorantlar I.Oʻrazbayev, Sh.Mardiyev va GM fakulteti “I va M” kafedrasi assistenti E.Malikov hamda 10 nafar talabalar TIQXMMI ilmiy oʻquv markazida tashkil etilgan koʻchat ekish tadbirlarida faol ishtirok etishdi.
Axborot sohasini isloh qilish, axborot va soʻz erkinligini taʼminlash Axborot sohasini isloh qilish, axborot va soʻz erkinligini taʼminlash
Talaba-yoshlar oʻz fikrlarini erkin bayon qila olishi hamda ularni oʻz fikr munosabatlari bilan oʻrtoqlashish maqsadida bugun 2019 yil 1 aprel 1 jeuftlikda “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti 401 guruh talabalari bilan birgalikda Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va asoslari fanidan “Axborot sohasini isloh qilish, axborot va soʻz erkinligini taʼminlash” mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi.
Siz mehnat muhofazasini bilasizmi? Siz mehnat muhofazasini bilasizmi?
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Kasaba uyushmasi hamkorligida Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining kengashining tashabbusi bilan “Ciz mehnat muhofazasini bilasizmi? ” tanlovi institut bosqichi oʻtkazildi.
Akademiklarning oʻquvchilar bilan uchrashuvi Akademiklarning oʻquvchilar bilan uchrashuvi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent Pediatriya instituti litseyida 2019 yilning 28-martida olimlar bilan litsey oʻquvchilarining “Navroʻz” bayrami arafasida uchrashuvi oʻtkazildi. Bu uchrashuvda Oʻz FA vitse-prezidenti, akademiklar B.T.Ibragimov, A,T.Jalilov, M.M.Mirsaidovlar, professorlar X. Kimsanboyev, B. Zaripov, J. Xusanovlar qatnashdilar. Uchrashuvni litsey direktori prof. O.E.Eshonqulov olib bordi. Bu uchrashuvda litsey oʻqituvchilari va 150 dan ortiq litseyning jahon olimpiada gʻoliblari va faol oʻquvchilari qatnashishdi.
Milliy gʻoya - maqsad qoyasi Milliy gʻoya - maqsad qoyasi
GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi professor oʻqituvchilar E. Qalqonov, M. Hakimova, M. Turdiboyeva va B. Muqimov tomonidan 26 mart kuni Milliy gʻoya fani boʻicha 1 -bosqich olimpiadasi oʻtkazildi. Unda institutning 4-chi bosqich bir guruh talabalari ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Fan olimpiadasi bilimdonlarni saralaydi Fan olimpiadasi bilimdonlarni saralaydi
“Nasos va nasos stansiyalari” va “Gidroelektrostansiyalar” fanidan Respublika Fan Olimpiadasi 1-turi boʻlib oʻtdi.
Dunyo boʻylab sirlashuv Dunyo boʻylab sirlashuv
29-mart kuni institutimizga tashrif buyurishib, “Dunyo boʻylab” telekanali “Axborot-tahliliy dasturlar” muharririyatining bosh muharriri Gʻofir Jamolov, “Bolalar va oʻsmirlar dasturi” muharririyatining bosh muharriri, falsafa fanlari doktori Farrux Olimov, “Kinoteatr” telekanali bosh muharriri Abdulhay Ataxodjayev, “Yashil sayyora”, “Turfa olam” kabi koʻrsatuvlarning boshlovchisi Avazxon Hoshimovlar soʻzga chiqib talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.