Yangiliklar
Irodamiz o‘z-o‘zimizni idora etishda
4 dekabr kun 2-ma’ruzalar zalida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Q.Choriev, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani B.B.Hasanov, dekan o‘rinbosarlari A.I.Azimov, B.A.Normo‘minov, S.B.Ro‘ziyev, A.B.Xalimbetov, “Talabalar turar joylari” direktori I.Buxorov, 2-sonli TTJ mudiri U.Allayarov hamda TTJda yashayotgan 132 nafar talabalar ishtirokida “Talabalar turar joyida o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini joriy etish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
06.12.2019 1630
Sport bizni birlashtiradi
“Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakulteti 2-talabalar turar joyida fakultet yoshlar kengashi tashabbusi bilan “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida “8-dekabr Konstitutsiya bayramining 27 yilligi munosabati bilan Konstitutsiya o‘tkazish oyligida Shashka musobaqasi o‘tkazildi.
06.12.2019 1740
Mustaqillik shahodati
“Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan Konstitutsiya o‘tkazish oyligida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
06.12.2019 1479
Istiqlol va istiqbolning kaliti
5 dekabr kuni QXM fakulteti rahbariyati va xotin-qizlar tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Konstitutsiya – istiqlol va istiqbol kaliti” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
06.12.2019 1512
Baxtimiz qomusi
Joriy yilning dekabr oyi ma’naviyat va ma’rifat oyligi munosabati bilan 6 dekabr kuni KXM fakulteti rahbariyati tashabbusi bilan talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan munozara-suhbat bo‘lib o‘tdi.
06.12.2019 1822
Konstitutsiya - istiqlol mash’ali
Mustaqil Respublikamizning Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan institutimizda katta ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institutimizda faoliyat yuritayotgan nufuzli akademiklar, professor o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
06.12.2019 1865
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2018-2019 o‘quv yilining baxorgi davrasida bo‘yicha "Professor-o‘qituvchilar talabalar nigohida" ijtimoiy so‘rov natijalari kafedralar kesimida
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2018-2019 o‘quv yilining baxorgi davrasida bo‘yicha "Professor-o‘qituvchilar talabalar nigohida" ijtimoiy so‘rov natijalari kafedralar kesimida
05.12.2019 2219
“Bu aziz Vatan barchamizniki” rukni ostidagi musobaqa
"8 dekabr - Konstitutsiya kuni" munosabati bilan "Bu aziz Vatan barchamizniki" shiori ostida mini-futbol bo'yicha fakultetlararo 1-bosqich talaba-yoshlari o‘rtasida musobaqaga start berildi.
05.12.2019 1714
Birinchi o‘rin muborak
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan joriy yilning 4 dekabr sanasida 1-bosqich talaba-yigitlari o‘rtasida o‘tkazilgan Voleybol sport musobaqasida "Gidromelioratsiya" fakulteti faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
05.12.2019 1599
Markaziy osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi mintaqasida iqlimni sug'urtalash, infratuzilma va boshqaruv loyihasi doirasidagi uchrashuv
Markaziy Osiyo mamlakatlari Iqtisodiy Hamkorligi mintaqasidagi iqlim sug'urtasi, infratuzilma va boshqaruv loyihasi haqida ma'lumot berish, kelgusidagi ishlar bo'yicha fikr almashish maqsadida Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasterida uchrashuv bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuv ishtirokchilarni oldindan tanishtirish uchun CAREC instituti va Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasteri tomonidan tashkil etilib, “Markaziy Osiyo mamlakatlari Iqtisodiy Hamkorligi mintaqasidagi iqlim sug'urtasi, infratuzilma va boshqaruv” loyihasining natijalari va rejalari to’g’risida ma’lumotlar berildi.
05.12.2019 1822
Elektr energetikasidagi muammo va yechimlar
“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetida 5111000-Kasb ta’limi (Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish) ta’lim yo‘nalishi 4 kurs 404 - guruh talabalariga “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi taklifiga ko‘ra Surxondaryo viloyati Xududiy elektr tarmoqlari korxonasining Kapital qurilish va ta’mirlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jo‘raev Xusan Xoldarovich “Elektr energetikasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusi bo‘yicha Surxondaryo viloyati misolida muammoli ma’ruza o‘tib berdi.
05.12.2019 1747
5 nafar iqtidorli talaba “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining stipendiyasi sertifikatlariga ega bo‘ldi
“O‘zbekgidroenergo”AJ stipendiyasi uchun o‘tkazilgan tanlovda qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 nafar iqtidorli talabalarga nomli stipendiya sertifikatlari 2019 yil 29 noyabr kuni “O‘zbekgidroenergo”AJ Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sohibovich Sunnatov tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda, “Gidrotexnika qurilishi” va “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetlarining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
05.12.2019 2657
"Buvijonim kiygan liboslar” ko‘rik-tanlovi
4 dekabr kuni institutimizda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R. Choriyev, institut hotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Xafizova, “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh. Narbayev, va Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi N.Holiqova tashabbusi ostida o‘zbek milliy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan “Buvijonim kiygan liboslar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
04.12.2019 2398
Clarivate Analytics xodimlari institutimizda seminar o‘tkazdi
3 dekabr sanasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga Clarivate Analytics kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini to‘g‘ri va reytingi yuqori bo‘lgan jurnallarda chop ettirish, dunyo e’tirof etgan ilmiy texnik bazalardan, jumladan, Web of Science bazasidan samarali foydalanish, uning tarkibidagi jurnallarni tadbiq qilishdan iborat edi.
04.12.2019 1868
Konstitutsiya - taraqqiyotimiz garovi
04 dekabr soat 10:00da Institut faollar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27-yilligi”ni keng nishonlash va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Konstitutsiya-taraqqiyotimiz garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
04.12.2019 1691
Prezident farmonining ijrosi
“Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasida 2019 yil 21 noyabrda Suv xo‘jaligi vazirligi “Nasos stansiyalari va energetika” boshqarmasi tomonidan respublikamizdagi rekonstruksiya qilinayotgan hamda loyihalanayotgan yirik nasos stansiyalari bo‘yicha mavjud muammolar yechimiga bag‘ishlangan “Nasos stansiyalari va ulardan foydalanish” mavzusidagi muammoli ma’ruza tashkil etildi.
04.12.2019 1764
Hamkorlikning yangi bosqichi
Institut rektori professor O‘.P.Umurzakov tashabbusi bilan Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti “Yirik inshootlar va binolar qurilishi Oliy maktabi” professori, t.f.d., Sidorenko Gennadiy Ivanovich 2019 yil dekabrda “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi tarixida ilk bor sikllik ma’ruzalarni boshladi.
04.12.2019 1700
Kelajak energiyasi
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining 409 - guruh talabalarini A.Q.Davirov boshchiligida qayta tiklanuvchan energetika jihozlari ishlab chiqaradigan tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini olib borish hamda shu soha vakillari bilan nazariy va amaliy bilimlarini almashinish maqsadida ekskursiya tashkil qilindi.
04.12.2019 2164
"Xalqaro nogironlar kuni"da
1992-yil 14-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 47/3-sonli qaroriga asosan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e'lon qilindi va tashkilotga a'zo davlatlarni har yili maxsus kun sharafiga bag'ishlangan tadbirlarni o'tkazishga chaqirdi.
04.12.2019 1815
Ilmiy-tadqiqot ishlari va olingan natijalarni tijoratlashtirish bo‘yicha Belarus tajribasi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq xo‘jalik” mashinalari kafedrasi mudiri, t.f.d. Astanaqulov Komil Dullievich Belarus Respublikasi ilg‘or tajribasini o‘rganish, olimlar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni o‘rnatish maqsadadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan guruh tarkibida 2019 yil 18 noyabrdan 28 noyabrgacha muddatda Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.
02.12.2019 1524