Yangiliklar
Xotin-qizlar qo'mitasining yillik hisoboti
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 16-sentabr kuni, Institut rahbariyati, institutda faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari mas'ul xodimlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar, institut xotin-qizlar qo'mitasi raisining 6 oylik hisobotini tinglashdi.
17.09.2020 2704
Erasmus+ DSinGIS loyihasining sentyabr oyiga rejalashtirilgan onlayn boshqaruv yig’ilishi bo’lib o’tdi
Mazkur yig’ilishda loyihaning Vengriya (Obuda universiteti, OU), Avstriya (Zalsburgdagi Paris-Lodron universiteti, PLUS), Germaniya (Leybnis O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish institute, IAMO) hamda O’zbekistondagi (TIQXMMI, O’zMU, QDU, TAQI, SamDAQI) hamkorlari ishtirok etdilar. Yig’ilishni loyiha koordinatori Lorant Foldvary boshqarib bordi.
10.09.2020 2648
Noyob va nodir iste’dod sohibi
"Yer resurslarini boshqarish" fakultetining bir guruh ijodkor iqtidorli tashabbuskor talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari "Adiblar xiyoboni"da o‘zbek xalqining buyuk adibi Abdulla Oripov siymosi aks etgan haykal qoshida jam bo‘lishdi.
10.09.2020 3258
Angliyada chop etiladigan “QS Global Education News” nomli nufuzli jurnalda ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi to‘g‘risida maqola chop etildi
Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Angliyada chop etiladigan QS Global Education News xabarnomasida “TIIAME only Uzbek institution represented in QS EECA rankings (TIQXMMI - QS EECA reytingidan joy olgan O‘zbekistonning yagona instituti)” sarlavhasi ostida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining erishayotgan natijalar to‘g‘risida maqolani chop etilishi O‘zbekiston OTMlari uchun yuksak e’tirof bo‘ldi.
09.09.2020 2821
Iqtisodiyot va Menejment bo‘yicha KASKAD xalqaro maktabi
7 sentyabr kuni o‘tkazilgan tadbirni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori, KASKAD Boshqaruv qo‘mitasi raisi O‘ktam Pardaeyvich Umurzakov kirish so‘zlari bilan ocha turib, onlayn tarzda tashkil etilgan ushbu tadbirning ahamiyati borasida so‘z yuritib uni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqasidagi tarixiy tadbir sifatida qayd etdilar.
09.09.2020 2495
Dala tajribalaridagi faoliyat
"Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari" kafedrasi mudiri texnika fanlari doktori, professor Bakiev Masharif Ro’zmetovich va dotsent Qahhorov O’ktam Abduraximovichlar PSKOM Gidroelektrostansiyasi to’g’onining qurilishida gruntlarni zichlash jarayoni bo’yicha olib borilayotgan dala tajribalarida ishtirok etishmoqda.
09.09.2020 2305
Yangi o‘quv yili – yangicha yondashuvlar
TIQXMMI Qarshi filiali direktori Z. Muqimov bugungi pandemiya sharoitida talabalarning sog‘ligi va ijtimoiy ahvolidan xabardor bo‘lish, ularga 2020/2021 o‘quv yili ta’lim jarayoni bilan bog‘liq yangiliklarni yetkazish maqsadida “Yangi o‘quv yili – yangicha yondashuvlar, yangicha imkoniyatlar yili” shiori ostida 2 - kurs talabalari bilan “Direktor va talaba yoshlar” onlayn uchrashuvi yo‘lga qo‘yildi.
04.09.2020 4597
Ekstremizm, terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid
“Ekstremizm, terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazishni rejalashtirdek. Bugungi Onlayn-tadbirga "Yer resurslarini boshqarish" fakulьtet dekani Sh.Narbaev, institut matbuot kotibi R.Jumaniyozov va fakulьtetning Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini X.Eshova moderatorlik qildi.
04.09.2020 2886
Zamonaviy, nufuzli, nomdor nashr
"Zamonaviy ta'lim" jurnali bu galgi sony TIQHMMI "Pedagogika, psixologiya va o'qitish metodikasi" kafedrasi professor-o'qituvchilarining maqolalari bilan muzayyan etilgan.
04.09.2020 3375
“SUSADICA” – Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish loyihasi doktorantlari bilan hamkorlik
Talaba-yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, shaxsiy rivojlanishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish hamda ilmiy tadqiqotlarda bevosita ishtirok etish orqali ilmiy me’tod va usullar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun SUSADICA loyihasi jamoasi TIQXMMI talabalari bilan loyihaning Germaniyada tahsil olayotgan doktorantlari o‘rtasida Tandem hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
02.09.2020 2914
Ilm - mashaqqat, mas’uliyat va majburiyat
29 avgust kuni soat 14.00da o‘tkazilgan “Ilmiy maqola yozish va nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha maslahatlar: "Scopus va Web of Scienses” mavzusidagi onlayn vebinar muhim ahamiyat kasb etdi.
02.09.2020 2690
Qoraboeva Nasiba Abduvohidovadan institut jamoasiga bayram tabrigi
Chet tili kafedrasida ingliz tili fanidan 43 yil dars bergan 85 yoshli Qoraboeva Nasiba Abduvohidovadan institut jamoasiga bayram tabrigi. Assalomu alaykum Hurmatli O‘ktam Pardayevich, institut prorektorlari va professor-o‘qituvchilar barchangizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman.
29.08.2020 2517
Yaponiyaning SATREPS dasturi doirasida O‘zbekistonlik olimlar ishtirokida qo‘lga kiritilgan dastlabki hamkorlik loyihasi vazifalari muhokama qilindi
Yaponiyaning SATREPS doirasida qo‘lga kiritilgan “Orol oldi mintaqasida yerlar sho‘rlanishini kamaytirish va mahsuldorligini oshirishga yo‘naltirilgan suvdan foydalanish va monitoringini olib borishning yangi texnologiyasini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha “Orol oldi mintaqasida yerlar sho‘rlanishini kamaytirish va mahsuldorligini oshirishga yo‘naltirilgan suvdan foydalanish va monitoringini olib borishning yangi texnologiyasini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha faoliyatini tashkil etish va uning dasturining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
27.08.2020 2694
Diniy va dunyoviy ma’rifat - tarbiya quroli
25 avgust kuni soat 11:00 da “ZOOM” platformasi orqali “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “Talaba yoshlar orasida diniy ma’rifatning o‘rni va ahamiyati” mavzusida onlayn ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
26.08.2020 3066
Tanlov g‘oliblari taqdirlandi
TIQXMMI va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida 2020 yilda “SUV VA IQLIM O‘ZGARISHI” shiori bilan respublika OTM talabalari uchun tashkil etilgan tanlov o‘z yakuniga yetdi. Shu munosabat bilan, 25 avgust kuni, soat 11:00 da tanlov g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
26.08.2020 2739
Energetika sohasidagi islohotlar
20 avgust kuni "Energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida ZOOM platformasi orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Uzoq yillar “Angren Issiqlik stansiyasi” direktori lavozimida faoliyat olib borgan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aminov Nosirjon Xasanboevich hamda Energetika vazirligi, “Energiya samaradorligini oshirish departamenti” direktori Xakimov Muzaffarjan Xabibullaevichlar tadbir mehmonlari bo‘lib ishtirok etdilar.
24.08.2020 2503
Ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borish mavzusidagi onlayn-vebinar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati, professor-oʼqituvchilari, magistrantlari bilan texnika fanlari doktori, akademik Mirziyod Mirsaidov oʼrtasida “Ilmiy ishlarni bajarish, olib borish va tadqiqot qilish boʼyicha suhbat” mavzusida onlayn – vebinar boʼlib oʼtdi.
22.08.2020 2665
Inson huquqlarini ta’minlash — bosh maqsadimiz
"Inson huquqlarini taminlash - bosh maqsadimiz” mavzusida ZOOM platformasi orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbir rejalashtirildi. Bugungi Onlayn-tadbirga! "Yer resurslarini boshqarish" fakultet dekani Sh.Narbaev, institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov va fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini X.Eshova moderatorlik qildi.
20.08.2020 2935
Dolzarb va zalvorli mavzudagi dissertatsiya muhokamasi
18 avgust kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instiutida “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasining ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilishida ana shunday muhim va dolzarb dissertatsiyaning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
18.08.2020 2692
Xalqaro "Yozgi maktab” o‘z ishini onlayn shaklda boshladi
“Suv resurslarini boshqarish asoslari: nazariya, amaliyot va ilmiy tadqiqotlar integratsiyasi" mavzusida “Xalqaro yozgi maktab” o‘z ishini onlayn shaklda boshladi. Xalqaro yozgi maktab ham tinglovchilari Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridan bo‘lgan, shu jumladan, Afg‘onistonlik talabalarni o‘z ichiga oladi.
17.08.2020 2446